“Gaz yo‘q, bo‘lmaydi” - Xorazm viloyat hokimi norozi aholining elektr muammosini yechishga va’da berdi
19 - yanvar kuni Xorazm viloyati Urganch tumani Cholish shaharchasi aholisi gaz va elektr taqchilligiga norozilik bildirib, Cholish-Urganch trassasini to‘sib qo‘ydi. Norozilar bilan uchrashgan viloyati hokimi Farhod Ermanov shaharchada elektr energiyasini yaxshilash uchun yangi transformator o‘rnatishga va’da berdi. Shuningdek, hokim shaharcha ahlini qiynayotgan yo‘l, ichimlik suvi kabi muammolar ham hal qilinishini ta’kidlagan. Cholishliklar aytishicha, hokim tabiiy gaz muammosini hal qilolmasligini tan olgan. Читать дальше...