Oskar qo‘mitasi: "Faridaning ikki ming qo‘shig‘i" uchun Oskar eshiklari butunlay yopilmadi
«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» Los Anjelesdagi Oskar mukofoti tanloviga qatnashadigan 90 filmdan biri bo‘lishi uchun hali imkon bor. Bu haqda Ozodlikka O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi koordinatori Muxlisa Azizova ma’lum qildi. Azizovaga ko‘ra¸ prodyuser aybi bilan ovoz parametrlari noto‘g‘ri bo‘lgan nushasi AQShdagi tanlov komissiyasiga yuborilgan. Komissiya uni qabul qilmagan. Читать дальше...