Quvalik 85 fermer eksport qilmagan mahsuloti uchun yuzlab million so‘m soliq va jarimaga tortildi
2020 - yilning 24-25 - dekabrida Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudi Quva tumanidagi 100 ga yaqin bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarining har biriga bir necha yuz million so‘mlik jarima soldi. Fermerlar ustidan sudga Farg‘ona viloyat davlat soliq boshqarmasi arz qilgan. Soliq boshqarmasi fermerlarni meva eksportidan tushgan foydadan soliq to‘lamaganlikda ayblagan. Quvalik fermerlar meva eksport qilmaganini, mahalliy rahbarlarning aldovi qurboni bo‘lganini aytmoqda. Quva tuman hokimligi mulozimi vaziyatni sharhlashni istamadi. Читать дальше...