Andijondagi klaster fermerlarning paxta pulini ikki yildan buyon bermayapti
Andijon viloyat, Izboskan tumanidagi “Sohib omad baraka” klaster korxonasi, fermerlarning 2019 - yil uchun 2,6 milliard, 2020 - yil uchun 22 milliard so‘m paxta pulini to‘lab bermagan. Fermerlarning aytishicha, 2020 - yilning paxta pulidan esa hali darak yo‘q. Ayni paytda iqtisodiy sudga murojaat qilmoqchi bo‘layotgan fermerlar, klaster korxonasini shartnomadagi o‘z majburiyatini surunkali bajarmayotganidan shikoyat qilmoqdalar. Klaster korxonasi buxgalteri fermerlarning qarzini uzish borasida harakat olib borilayotganini aytdi. Читать дальше...