Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2021

Amaldorlar Toshkentda "COVID-19ga qarshi emlanayotgani" haqidagi xabar tarmoqlarda e’tirozga sabab bo‘ldi

0
Amaldorlar Toshkentda

Davolanish uchun poytaxtga chaqirilgan mahalliy amaldorlar COVID-19 ga qarshi emlangani haqida rasman tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Ozodlik o‘zi va tumush o‘rtog‘i tibbiy ko‘rik paytida "emlangani"ni aytgan amaldor haqida ma’lumotga ega.

Amaldorlar O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh Boshqarmasining 1-son markaziy klinik shifoxonasida maxsus jadval asosida tibbiy ko‘rikdan o‘tish asnosida "COVID-19 ga qarshi emlangani" haqida Ozodlikka tibbiyot xodimlaridan biri xabar berdi.

Ammo Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mulozimi bu xabarlarni rad etdi. Matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi bois ismi oshkor etilmasligini so‘ragan mulozimga ko‘ra, mamlakatda amaldorlarni emlash bo‘yicha maxsus dastur yo‘q. U hokimlarning Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganini tasdiqladi. Ammo mulozimning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi ko‘rik har yili rejaga muvofiq o‘tkaziladi va uning koronavirusga aloqasi yo‘q.

SSVdagi manbaga ko‘ra, hozirgacha O‘zbekistonga faqat Xitoyning 5 ming kishida sinash uchun olib kelingan hamda Rossiyadan namuna tariqasida keltirilgan vaksina mavjud. Ayni mulozim AQShning Pfizer va Germaniyaning BionTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina O‘zbekistonga hanuz yetib kelmaganini bildirdi.

O‘zbekiston Sog‘liq saqlash vazirligining koronavirus borasidagi statistikasi va sog‘liqni saqlash rasmiylarining pandemiya bilan bog‘liq  ayrim bayonotlari mahalliy matbuot tomonidan savol ostiga olingan. 

SSV hozirgacha amaldorlarning Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgani haqidagi xabarlar va ularning bu jarayonda "emlangani" borasidagi iddaolar yuzasidan matbuotga rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Ozodlik hozircha SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limidan bu borada izoh ololmadi.

Ayni paytda bloger Otabek Bakirov “hukumat kasalxonalari” deb ataladigan klinikada viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining “davolanish jadvali”ni o‘z sahifasida e’lon qildi.

Jadvalda 17 - yanvardan boshlab har 10 kunda 7 nafar hokim “tibbiy ko‘rikdan” o‘tishi ko‘rsatilgan. Jadvalda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev¸ Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov doxil o‘nlab amaldorlar ism-sharifini ko‘rish mumkin.

Ozodlik ayni klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan amaldorning turmush o‘rtog‘i bilan gaplashdi.

Ismi sir qolishini so‘ragan 44 yashar ayolning aytishicha¸ eri va o‘zi koronovirusga qarshi “Xitoy va Rossiyaniki bo‘lmagan "zo‘r" vaksina bilan emlanishgan”. Suhbatdosh vaksina nomini aniq ayta olmadi.

Yanvarning o‘rtalaridan sal o‘tib emlangani iddao qilingan amaldorning xotini "emlash" ortidan hech qanday asorat bo‘lmaganini ham aytdi.

100 ming doza Pfizer sotib olingan

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi joriy yilning 18 - yanvarida “O‘zbekistonga AQSh va Germaniya kompaniyasi ishlab chiqargan vaktsina keltirilishi” haqida ma’lumot tarqatgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevga iqtibosan yozilgan xabarnomada O‘zbekistonga AQShning Pfizer va Germaniyaning BionTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming dona vaksina olib kelinishi ta’kidlangan.

Yana aytilishicha¸ mamlakatda emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun GAVI tashkiloti tomonidan 17 ta katta hajmdagi refrijeratorlar va 206 ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilgan.

2020 - yilning avgustida O‘zbekiston Yevropa mintaqaviy byurosining faol a’zosi sifatida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotning koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shilgan edi.

Pfizer hali Toshkentga yetib kelmadi

Toshkentdagi "pravitelstvenniy" deb ataladigan 1-son markaziy klinik shifoxonaning Ozodlik suhbatlashgan vrachi tibbiy ko‘rikdan o‘tish paytida hokimlar emlangan yoki emlanmaganidan xabari yo‘qligini aytdi. Ismini tilga olmayotganimiz tibbiyot xodimining so‘zlariga ko‘ra, hokimlarning ko‘rikdan o‘tkazilayotgani va muolaja qilinayotgani to‘g‘ri.

“Shuni aniq ayta olamanki, hokimlar Pfizer bilan emlanmadi. Chunki bu vaksina hali Toshkentga yetib kelgani yo‘q. Jadval asosida hokimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani va ularning COVID-19ga bardosh berishi uchun muolaja qilinayotgani to‘g‘ri. Buni o‘zim tasdiqlayman. 1-son markaziy klinik shifoxonasida -70 ℃ haroratni saqlaydigan muzlatgich mavjudligini ham aytishim kerak. Bu muzlatgich vaksina saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, yaqinda o‘rnatildi”¸ - dedi Ozodlik suhbatlashgan vrach.

Uning yana aytishicha¸ o‘tgan yili Bosh vazir o‘rinbosari Barnoyev va yana bir necha hokimlar koronovirusdan o‘lgani ortidan maxsus selektor o‘tkazilib, “mulozimlarni COVID-19 dan himoya qilish chora-tadbirlari" belgilangan:

“Birinchi bo‘lib aynan rahbarlar emlanishi aniq. Chunki ular jamoat bilan doimiy muloqotda bo‘lishadi. Hokimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish endi boshlandi. Ko‘rik bir necha bosqichdan iborat. Pfizer vaksinasi bilan bog‘liq protseduralar bo‘yicha tibbiyot xodimlari o‘rtasida treninglar o‘tkazildi”¸- dedi suhbatdosh.

Andijonlik vrach Otabek Ahliddinov Ozodlik bilan suhbatda “odamlarni tabaqalarga ajratib davolash Konstitutsiya va shaxs huquqlariga zid” ekanini ta’kidladi.

Tarmoqda empatiya yo‘q

O‘zbekistonda viloyat hokimlari davolanish uchun poytaxtga kelayotgani va birinchi bo‘lib emlanayotgani haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar ijtimoiy tarmoqda e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Facebook foydalanuvchisi Hamidullo Uzoqov amaldorlarning imtiyozli davolanishiga e’tiroz bildirdi:

“Vrach-mediklar-chi? Yoshi ulug‘ fuqarolar-chi? Agar shulardan oldin vaksinatsiyadan o‘tishgan bo‘lsa, demak hokimlar vaksinatsiyadan o‘tib olib, kovidga karshi kurashishga ajratilgan mablaglarni bir chetdan yer ekan-da".

Bloger Said Kamol esa shubhali vaksinalarni hokimlar “tajriba quyoni”o‘laroq birinchi bo‘lib olgani ma’qul, deya zaharxanda qildi.

“Balkim yaxshi bo‘lgandir. Hokimlarda vaksinadan keyin hech qanday salbiy holatlar kuzatilmasa aholini emlay boshlasa bo‘ladi", deb yozdi bloger Feysbuk sahifasida.

Vrach Fazlidddin Mo‘minov Telegram kanalida bu holatni sharmandali, deb atagan.

“Qashqadaryodan tuman va shahar hokimlari tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish uchun Toshkentga qarab kelayotgan ekan. Nega Qashqadaryoni o‘zida tibbiy tekshiruvlardan o‘tib, davolana qolishmadi ekan-a? Jon shirin deysizmi? Ha unda viloyatdagi millionlab aholining joni achchiqmi? Qaysi ariqda suv tiniqroq bo‘lsa, o‘shanga qarab chopgandan ko‘ra, o‘z arig‘ini tiniqlashtirish yo‘lini topishi kerak emasmi mirob deganlari?”, deb yozgan shifokor bloger.

2020 - yilning pandemiya avjiga chiqqan yoz mavsumida koronavirusga chalingan viloyat rahbarlari o‘z hududida emas, poytaxtda davolangani nomaqbul hol, deya tanqid qilingandi.

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoev, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajargan Karim Kamolov, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Erniyazov kani amaldorlar 2020 - yilda koronavirus oqibatida olamdan o‘tgan edi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин анонсировал большую летнюю спортивную программу


Спорт в России и мире
Москва

В преддверии Международного дня защиты детей подмосковные росгвардейцы провели спортивное мероприятие для школьников


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Елена Рыбакина

В России отреагировали на "скрытую баранку" и достижение Рыбакиной на Ролан Гаррос


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

МегаФон добавил инноваций системе экомониторинга в Череповце





Путин в России и мире
Москва

Путин встретился с главой Ингушетии Калиматовым


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Минск приостановил действие ДОВСЕ




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Столтенберг решил не встречаться с Зеленским в Брюсселе


Навальный в России и мире
Москва

Суд продлил арест двум адвокатам Навального



Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Игорь Бутман

Трансляцию концерта джазового оркестра Бутмана посмотрели 50 млн китайцев



Москва

ЦТАК: В КНДР объяснили отправку навоза на воздушных шарах в Южную Корею

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net