Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2021

“Muammo hal bo‘lmaguncha Toshkentdan ketmaymiz”– qiziriqlik 275 fermer hukumatning va’dasiga ishonmayapti

0
“Muammo hal bo‘lmaguncha Toshkentdan ketmaymiz”– qiziriqlik 275 fermer hukumatning va’dasiga ishonmayapti

Surxondaryo viloyat, Qiziriq tumanidan Toshkentga borgan 275 ta fermer Prezident qabulxonasiga kiritilmadi. Ularni Bosh vazir Abdulla Aripov qabulxonasi rasmiylari qabul qildi.

Jami 500 nafar qiziriqlik fermer ularning yerini mahalliy hokimiyat bosim va tazyiq bilan tortib olayotganidan noroziligi haqida Ozodlik avval xabar bergandi.

18 - yanvar kuni qiziriqlik fermerlar nomidan Ozodlikka gapirgan Olimjon Turopovga ko‘ra, 60 ta yengil mashina bilan Toshkentga borgan fermerlarni Madaniyat saroyida qabul qilishgan va maxsus komissiya Surxondaryoga borib, ularning muammosini hal qilib berishi va’da qilingan.

Ammo, hukumat va’dasiga ishonmagan fermerlar muammolari hal bo‘lmaguncha Toshkentdan ketmasligini aytmoqdalar.

Olimjon Turopovning aytishicha, Toshkentda yig‘ilgan 275 ta fermerni poytaxtdagi madaniyat saroylaridan biriga yig‘ishgan va faollar dardini birma-bir eshitishgan:

- Uchrashuvda bizga Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi Qiziriqqa borib, o‘sha yerda vaziyatni o‘rganib, muammoni hal qilib beradi, deyildi. Lekin bizni bu javob qoniqtirmadi. Chunki 13 - yanvar kuni ham deputatlar, Ombudsmendan iborat bitta komissiya bordi va ko‘zimizning oldida klaster tizimiga yon bosib-yon bosib, qaytdi. Muammomiz hal bo‘lmadi. Shuning uchun biz bugun yana Toshketga keldik. Bu gal muammomiz hal bo‘lmaguncha, orqaga qaytmaymiz, Toshkentda qolamiz!

Turopovga ko‘ra, fermerlar yetakchilari 18 - yanvar kuni Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev bilan ham uchrashgan.

Qiziriqlik fermerlar guruhi 5 - yanvar kuni ham Oliy Majlis binosiga borgan va o‘shandan so‘ng Oliy Majlis maxsus komissiyasi Qiziriqqa yo‘llangan edi.

O‘sha kuni fermerlar ijtimoiy tarmoqlar orqali prezidentga yo‘llagan ochiq murojaatida tumandagi 500 fermerning yeri tortib olinayotgani aytilib, bunga norozilik bildirilgan.

“Fermerlardan arizani olmay turib, yopiq sessiya qilib, fermer xo‘jaliklarini tugatish haqida qaror qilgan. Bizda haqiqat, qonun yo‘qmi? Barcha fermer norozimiz”, - deydi qiziriqlik fermerlardan biri videoda.

Fermerlar iddaosiga ko‘ra, dekabr boshida tumandagi fermer xo‘jaliklari faoliyatini butunlay tugatish haqida qaror chiqarilib, keyin fermerlardan majburiy ravishda ariza olish jarayoni boshlangan.

Ozodlik bu mavzu yuzasidan 30 - dekabrda e’lon qilgan maqolasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev qiziriqlik fermerlar muammosiga e’tibor qaratgani, bu borada Bosh prokuraturaga so‘rov xati kiritganini ma’lum qilgani to‘g‘risida xabar bergandi.

“Bizlarga kelayotgan murojaatlar Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash masalasida xavotirlar paydo qilmoqda. Hudud va soha mas’ullaridan mazkur masalalar bo‘yicha qonuniy ish ko‘rib, asosli izoh berishlarini so‘raymiz”, deya yozgandi Rasul Kusherbayev.

Yer kodeksi va Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunlarga ko‘ra, yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori bo‘yicha beriladi.

O‘zi yashab turgan tuman yoki viloyatdan haqiqat topolmayotgan fuqarolarning adolat izlab Toshkentga yurishi keyingi yillarda tez-tez kuzatilmoqda.

Bunday safarlar har doim ham qiziriqlik fermerlarning safariday yuqori idoradagi qabul bilan tugamaydi.

2019 - yilning iyunida bir guruh ayollar Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva qabuliga borganida Milliy Gvardiya tomonidan qo‘lga olinganlari haqida Ozodlik radiosiga gapirib bergandi.

2020 - yilning sentabrida Sirdaryo viloyat, Sardoba tumani, Do‘stlik mahallasida yashaydigan o‘n ayol va erkak O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga beshinchi marta arz qilib borgandi. Arzchilarning Ozodlikka aytishicha, ularni hech kim qabul qilmagan va organ xodimlari tazyiqida yana Sirdaryoga jo‘natib yuborilgan. Sardobaliklarning Toshkentga safari bilan bog‘liq shunga o‘xshagan yana bir voqea oktabrning boshida sodir bo‘lgan edi.

O‘zbekistonda fermerlarning yerlarini noqonuniy yoki turli bosimlar ostida tortib olish hollari keng tarqalgan. 2000-yillar boshida "fermer xo‘jaliklar yerlarini optimizatsiya qilish" dan boshlangan jarayon oxirgi yillarda klasterlashtirish bilan davom etmoqda.

29 - dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatida prezident Mirziyoyev yerlarni "bozor aktivi"ga aylantirish haqida gapirdi, ammo buning qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi ma’lum emas.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: В Щербинке будут запущены автобусные маршруты к МЦД и соцобъектам


Спорт в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о Всероссийском конкурсе спортивных проектов «Ты в игре»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Елена Рыбакина

Рыбакина узнала неприятную новость перед "казахстанским дерби"


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Ключевой аспект успеха: как построить долгие и хорошие отношения с клиентом





Путин в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о единых принципах привлечения инвесторов


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко заявил о желании построить в Белоруссии вторую АЭС




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Мэр Киева Кличко рассказал о попытках встретиться с Зеленским лично


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Сергей Трофимов

Сергей Трофимов выступит с летним концертом в Зеленом Театре ВДНХ



Москва

Московское «Динамо» объявило об уходе капитана Миронова

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net