Bolgariyaga oshpazlikka ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar oshxonada idish-tovoq yuvdi
Toshkentlik Jasur Yo‘ldoshev, buxorolik Jamshid Odinayev, namanganlik Azimjon Soatov Bolgariyaning Varna shahriga ishga kelib ishsiz qolishdi. Bu haqda Ozodlikka ularning o‘zlari gapirib berdilar. Aytishlaricha, ularni Toshkentdagi Work in world xususiy bandlik agentligi oyiga 400 yevrodan oylik, 150 yevrodan ovqat puli va bepul yotoq berilishini va’da qilib, Bolgariyaga ishga jo‘natgan. Muhojirlarning bildirishicha, Bolgariyaga kelganlaridan so‘ng berilgan va’dalar puchligi aniq bo‘lgan - ular ishsiz qolgan. Читать дальше...