Olmaotada Navro‘z bayramini nishonlash paytida norozilik bildirganlar hibsga olindi (VIDEO)
22 martda Olmaota shahri markazidagi Panfilov ko‘chasida Navro‘z bayrami nishonlanayotgan paytda Qozog‘iston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan siyosatga norozilik bildirgan bir necha kishi qo‘lga olindi. Bu haqda xabar qilgan Ozodlik radiosi qozoq xizmatiga ko‘ra, odamlar qo‘lga olingunga qadar Ostona shahrini Nursulton deb qayta nomlash tashabbusiga qo‘shilmasligini bildirgan, iqtisodiy qiyinchiliklar haqida gapirgan. “Biz o‘zboshimchilikka qarshimiz, biz saylga chiqdik!”, - deb hayqirgan yig‘ilganlar. Читать дальше...