NATO favqulodda sammiti ishtirokchilari ittifoqdagi birlikning mustahkam ekanini bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z keskin tanqidlaridan so‘ng NATOga a’zo davlatlar mudofaa xarajatini oshirishga rozi bo‘lganini bildirdi.
NATOga a’zo davlat rahbarlarining oldindan rejalashtirilmagan 12 iyul kungi sammitida ayrim davlatlar NATOga harbiy alyans nizomida ko‘zda turilgan a’zolik badalini to‘lashni tezlatishga rozi bo‘lgan. NATO a’zosi o‘z yalpi ichki mahsulotining 2 foizini mudofaa xarajatlariga ajratishi lozim. Shimoliy atlantika harbiy al’yansi 2024 yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni amalda ta’minlashga kelishib oldi.
Trampga ko‘ra¸ bundan tashqari NATOdagi ittifoqchilar “nisbatan qisqa fursat ichida” mudofaa maqsadlariga qo‘shimcha 33 milliard dollar sarflashga ham rozi bo‘lgan.
NATO favqulodda sammiti haqida gapirgan AQSh prezidenti¸ uni “juda ittifoq¸ juda kuchli” deb atadi va muammo yo‘qligini ta’kidladi.
Germaniya kansleri Angela Merkel 12 iyul kungi favqulodda sammitda qatnashganlarning barchasi “NATOga sadoqatini ochiq” ko‘rsatganini bildirdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron NATO liderlari o‘zgaruvchan xavfsizlik vaziyatida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olganini bildirdi.
- Kechagi ishchi uchrashuvlarimiz kun tartibidagi turli masalalar yuzasidan yaxshi o‘tdi va bugun ertalabki ishimiz u yer-bu yerda aytilayotganidan ko‘ra¸ ancha xotirjam o‘tdi. Biz NATOdagi birligimizni saqlab qolish¸ uni modernizatsiya qilish va yangi tahdidlarga javob berish borasida qat’iymiz. Shu bois biz xotirjam va qat’iy qolamiz¸ dedi Fransiya prezidenti 12 iyul kuni.
NATOning favqulodda sammiti Donald Tramp Qora dengizdagi xavfsizlikka bag‘ishlangan yig‘inda Germaniya va Ispaniyani tilga olib¸ ularning mudofaa xarajatlari va Rossiya bilan savdo aloqalarini keskin tanqid qilgani ortidan to‘plandi.
Yig‘in boshlanishidan oldin Tramp¸ unda qatnashayotgan Ukraina va Gruziya prezidentlaridan xonani tark etishni va bu masalaning “faqat ittifoqchilar” orasida muhokama qilinishini so‘ragan.
AFP agentligi Qora dengiz xavfsizlik yig‘inida qatnashgan diplomatlarga tayanib turib¸ Trampning Ukraina va Gruziya rahbarlari bilan uchrashuvdagi asosiy vaqtni “NATOga a’zolik badalini to‘lash” masalasiga qaratgani ortidan NATO Bosh kotibi favqulodda sammit chaqirishga qaror qilgan.
Ayni paytda¸ Litva prezidenti agar NATOning boshqa a’zolari mudofaa xarajatlarini zudlikda oshirmasa¸ Tramp AQShning NATOdan chiqishi bilan tahdid qilgani haqidagi xabarlarni inkor qildi.