Jomboy hokimi tashkilot rahbarlariga 10 tonnadan g‘alla topish majburiyatini yukladi
Samarqand viloyat, Jomboy tuman hokimi Umidjon Nazarov 9 iyul kuni o‘tkazgan yig‘ilishida g‘alla o‘rimi otryadlari rahbarlari va tuman tashkilotlari rahbarlariga 10 tonnadan g‘alla topish haqida topshiriq bergan. Bu haqda yig‘ilishda ishtirok etgan tashkilot rahbarlaridan biri Ozodlikka xabar berdi.