Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июль
2018

Britaniya Tashqi ishlar vaziri va YeIdan chiqish bo‘yicha bosh muzokarachisi iste’fo berdi

0
Britaniya Tashqi ishlar vaziri va YeIdan chiqish bo‘yicha bosh muzokarachisi iste’fo berdi

Tereza Mey hukumatida davom etayotgan bo‘hron yanada chuqurlashdi va mamlakat Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson ham o‘z iste’fosini e’lon qildi.

Jonsonning iste’fosi¸ Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayonidagi bosh muzokarachisi David Devis iste’fosidan bir necha soat o‘tib e’lon qilindi.

“Bugun kunning ikkinchi yarmida Bosh vazir Boris Jonsonning Tashqi ishlar vaziri lavozimidan iste’foga chiqish arizasini ma’qulladi”¸ deyiladi Tereza Mey idorasi e’lon qilgan bayonotda.

Norasmiy nomi Brexit vaziri deb atalgan Britaniyaning YeIdan chiqishdagi bosh muzokarachisi Devis¸ Tereza Meyning qizg‘in bahslardan so‘ng kabinet tomonidan ma’qullangan strategiyasini tanqid qildi va 9 iyul kuni iste’foga ketganini e’lon qildi.

Bundan ikki kun oldin Mey kabinetidagi raqib fraksiyalar Bryussel bilan muzokaralarni qayta jonlantirish uchun Bosh vazir rejasini qo‘llagan edi.

Devis Meyga yozgan maktubida o‘z iste’fo qaroriga asos bo‘lgan e’tirozini ifodalab:

- Siyosatning ushbu umumiy yo‘nalishi nari borsa bizni muzokaralardagi kuchsiz tarafga aylantiradi, balki bu ahvoldan chiqa olmay qolishimizga olib keladi¸ deb yozdi.

Vazir juma kuni erishilgan kelishuv Parlament boshqaruvini “xomxayolga” aylantirishini qo‘shimcha qilgan. 

Britaniya matbuoti Brexit  bo‘yicha vazir yordamchilari Stiv Beyker bilan Suella Braverman ham iste’foga chiqqanini xabar qildi.

Devis Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin ham ittifoq bilan erkin savdoni saqlab qolish rejasiga qarshi chiqib keladi. Uning aytishicha, bu reja Britaniya iqtisodining aksar sektori ustidan boshqaruvni YeI qo‘liga topshiradi.

Mey Devis xatiga javoban o‘z rejasi Britaniyani Yevropa umumiy bozori hamda Yevropa bojxona ittifoqidan chiqarish maqsadiga muvofiq ekanligini ta’kidladi.

- Kelishgan siyosatimizga bergan ta’rifingizga qo‘shilmayman. So‘nggi ikki yil ichida davlat kotibi lavozimida YeIdan chiqishimizga qo‘shgan hissangiz uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman¸ deyiladi Bosh vazir javobida.

Devis bundan ikki yil oldin yangi tuzilgan Yevropa Ittifoqidan chiqish departamenti yetakchisi etib tayinlangan edi. 2016 yil Britaniyada mamlakatning YeIda qolish-qolmasligi bo‘yicha referendum o‘tkazilgan, unda saylovchilarning 52 foizi Britaniyaning ittifoqdan chiqishini qo‘llab ovoz bergandi.

Devis Brexit  vaziri o‘laroq Bryussel bilan olib borilgan muzokaralarga boshchilik qildi. Ammo keyingi oylarda Mey va uning yordamchilari muzokaralarda yetakchi rol o‘ynay boshladi.

Xabarlarga ko‘ra, Devis muzokaralarda Britaniya o‘z pozitsiyasida mahkam turmayotganini aytib, bir necha marta iste’fo berish bilan tahdid qilgan.

Bosh vazir Mey dushanba kuni parlament oldida chiqish qilib, Britaniya ittifoqdan chiqqandan keyin YeIning savdo bo‘yicha qoidalariga amal qilishi haqidagi rejasini himoya qiladi. Vazirning o‘z partiyadoshlari orasida bu rejaga qarshilar bor.

9 iyul kuni Meyning  Devis o‘rnini kim egallashini e’lon qilishi kutilmoqda.

Bosh vazir rejasi YeI bilan mahsulotlar savdosini erkin qoldirib, xizmat ko‘rsatish sohasi boshqaruvini Britaniya qo‘lida saqlab qolishni ko‘zda tutadi.

Rasmiy Bryusselning bu taklifga rozi bo‘lishi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum. YeI Britaniya Yevropa umumiy bozorining faqatgina ayrim shartlarini saqlab qolishiga yo‘l berilmasligini aytib keladi.

69 yoshdagi Devis 1994-97 yillarda Britaniyaning Yevropa vaziri lavozimida ishlagan. 2005 yilda Konservatorlar partiyasi yetakchiligiga asosiy nomzodlardan biri bo‘lgan, ammo Devid Kemeronga mag‘lub bo‘lgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Москва взяла Гран-при премии «Умный город» за цифровизацию горхозяйства


Спорт в России и мире
Москва

РОСГВАРДИЯ ОБЕСПЕЧИЛА ПРАВОПОРЯДОК ВО ВРЕМЯ ФУТБОЛЬНОГО МАТЧА «ЦСКА» - «СПАРТАК» В МОСКВЕ


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Мария стала соперницей Азаренко на турнире WTA в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Huawei представила IDS на 26-м Всемирном энергетическом конгрессе





Путин в России и мире
Москва

Эксперт: корректировка порогов крупного и особо крупного ущерба по экономическим статьям оправдана и своевременна


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Ru24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Шапка

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)



Москва

Фейк по цене оригинала: в магазин петербургского инфоблогера Бриуса вновь нагрянули с обысками

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net