Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июль
2018

“Malika” savdo majmuasida pichoqlashuv bo‘ldi, jarohatlanganlar bor (VIDEO)

0
“Malika” savdo majmuasida pichoqlashuv bo‘ldi, jarohatlanganlar bor (VIDEO)

8 iyul kuni kechqurun Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi (“Fleshka” savdo markazi)da savdogar va xaridorlar o‘rtasida kelib chiqqan janjal pichoqlashuvgacha bordi. Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha¸ pichoqlashuv oqibatida bir necha odam jarohatlangan.

Ozodlikka 9 iyul kuni yo‘llangan videoda bir guruh erkaklar o‘rtasida bo‘layotgan janjal aks etgan.

Video boshlanishi bilan qizil kiyimdagi bir yigitning qo‘lida pichoqqa o‘xshash narsa ko‘tarib, kimningdir ortidan quvlayotgani va uni to‘xtatishga harakat qilayotgan militsiya xodimini ko‘rish mumkin. Orada “Ur-ur” degan ovozlar ham eshitiladi.

Video davomida shovqin-suron, baqiriq-chaqiriq eshitiladi va boshqa bir militsiya xodimining janjal bo‘layotgan joyga shoshib ketayotgani ko‘rinadi. Keyin odamlarning qochayotgani va qizil ko‘ylakli yigit hamda uni o‘rab olgan boshqa yigitlar ko‘rinadi.

Video so‘nggida oq rangli Neksiya mashinasining tezlik bilan ketayotgani va mashina orqasida qizil ko‘ylakli yigit boshchiligida bir necha yigitning yugurib, mashina orqasidan qandaydir narsalarni otgani gavdalanadi. 

Ozodlik o‘tkazgan surishtiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea Toshkentdagi “Malika” yarmarkasi hududida 8 iyul kuni kechqurun sodir bo‘lgan.

Voqeaga guvoh bo‘lgan savdogar yigitga ko‘ra, pichoqlashuv natijasida bir necha kishi jarohatlangan. Ozodlikka yo‘llangan videoda bir yigitning ko‘krak qismida jarohat izi borligi ko‘ringan. 

Shayxontohur tuman huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, janjal savdogar va xaridor o‘rtasida kelib chiqqan.

“Savdogarlardan biri yarmarkaga kelgan xaridor bilan kelisha olmay qolgan. Ikki o‘rtada janjal kelib chiqqan. Xaridor telefon qilib, do‘stlarini chaqirgan. Keyin ikki tomon janjallashib ketgan. Voqea bo‘yicha bizga signal kelishi bilan yarmarkaga tergov bo‘limi, jinoyat-qidiruv bo‘limi, uchastka nozirlari borishdi. Bugun kun davomida janjalda ishtirok etgan kishilar so‘roq qilinayapti. Voqea bo‘yicha jinoiy ish ochiladimi yoki ma’muriy javobgarlik bilan qutiladimi, bu bugun hal bo‘ladi”, dedi 9 iyul kuni Ozodlik gaplashgan tuman huquq-tartibot xodimlaridan biri.

Bu rasmiy janjalda jarohatlanganlar va so‘roqqa chaqirilganlar soniga oydinlik kiritmadi.

Ozodlik jarohatlanganlar haqida ma’lumot olish uchun "Malika" yarmarkasi yaqinida joylashgan kasalxonalarga bog‘landi, biroq biror ma’lumot olish imkoni bo‘lmadi.

Toshkent shahar IIB matbuot xizmati mutasaddisi Baxtiyor Inog‘omov Ozodlikning bu voqea yuzasidan rasmiy axborot berish so‘rovini rad etdi.

24 yil o‘tib, hokimlikka qaytarilgan "Malika"

O‘zbekiston Davlat mulk qo‘mitasining 1994 yil 28 iyundagi qarori bilan, "Malika" Trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi aksionerlik jamiyatiga o‘zgartirilgan va aksiyalarning 29 foizi rus investorlariga sotilgan.

2009 yilda bankrot holatiga kelib qolgan "Malika" AJsi 55,86% ulushi bilan yangi tashkil etilgan "Lessor Plyus” shirkatiga sotilgan va oradan 24 yil o‘tib, sud qaroriga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi balansiga qaytarildi.

Pul aylanmasi bir necha yuz million AQSh dollarini tashkil etishi aytiladigan, maishiy uskunalar savdosiga ixtisoslashgan “Fleshka” do‘konlari keyingi 7 yil ichida bir necha bor ko‘chirildi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин: Развиваем систему здравоохранения


Спорт в России и мире
Москва

Андрей Мидловец выиграл якутский финал на первенстве России


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Дарья Касаткина

Теннисистка Касаткина заявила, что скучает по России, но пока не может приехать


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

АО «Транснефть – Прикамье» провело свыше 3 тыс. экологических исследований в I квартале 2024 года





Путин в России и мире
Москва

Мария Захарова раскритиковала высказывание Нэнси Пелоси о Путине и протестах в США


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Певица

Певица Анастасия Стоцкая появилась на публике в откровенном наряде



Москва

Муромский проект победил в Международном профессиональном конкурсе НОПРИЗ на лучший проект – 2023

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net