Buxoroda tomchilatib sug‘orish uskunasi fermerlarga majburan sotildi - mahsulot “brak” chiqdi
Buxoro viloyat, Peshko‘ tumanidagi 17 ta fermer xo‘jaligi "Aria Parts Servin Pergas" MChJ qo‘shma korxonasi o‘rnatib bergan tomchilatib sug‘orish uskunasi ishlamagani sababli katta zarar ko‘rdi. Fermerlarning aytishicha, ularni ulkan miqdordagi kreditga qo‘shma korxona bilan shartnoma tuzishga tuman hokimligi majburlagan. Ammo g‘o‘za qator oralariga tortilgan shlangalar sifatsiz bo‘lgani uchun ishlamagan va fermerlar yerlarini buzib, yana an’anaviy sug‘orish tizimiga moslashtirishga majbur bo‘lishgan. Читать дальше...