Qirg‘izistonda Konstitutsiya shoshilinch isloh qilinayotgani xavotirga sabab bo‘lmoqda
22 - noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda yuzlab odam Konstitutsiya isloh qilinishiga qarshi namoyishga chiqdi. Ular taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar mamlakatda erkinliklarni keskin cheklashini aytmoqdalar. Qirg‘izistonda 4 - oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari ortidan siyosiy bo‘hron yuzaga kelgan. Bahsli saylovlar va ular ortidan sodir etilgan zo‘ravonliklar fonida Sadir Japarov, tashqi kuzatuvchilar qoralagan qator chora-tadbirlar ortidan, bosh vazir va prezident vazifasini bajaruvchisiga aylandi. Читать дальше...