Korrupsiya madaniyati: Tojikistonda hokimning tanishi va qarindoshlariga qimmat yer uchastkalari tekinga berilgan
Tojikiston poytaxti Dushanbega tutashgan Rudakiy tumanida sobiq hokimning qarindoshlariga yer uchastkalari noqonuniy ravishda bepul berilgani aniqlandi. Ozodlik radiosi tojik xizmati o‘tkazgan surishtiruv, tumanda yer maydonlarini taqsimlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotganini ko‘rsatdi. Dushanbe atrofida yerga talab katta. Xuddi O‘zbekiston poytaxtiga tutashgan hududlarda kuzatilayotgani kabi, Tojikistonda ham mamlakatning turli burchaklaridan yaxshi ish qidirib, markazga ketayotganlar poytaxt atrofiga yerlashmoqda. Читать дальше...