"Otamni majburlab Kovid markazga yuborishdi, bir kundan so‘ng jasadini berishdi"
Xorazm viloyatining Xiva tumanida yashovchi Uchqun Ahmedov o‘pka yallig‘lanishi tashxici bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan 70 yoshli otasini mahalliy shifokorlar yaqinlariga xabar qilmasdan Urganchdagi Kovid markazga majburlab jo‘natishgani, ikki kun o‘tib esa otasi shu markazda vafot etganidan xabar topganini aytdi. Asli kasbi shifokor bo‘lgan xivalik Ahmedov so‘zlariga ko‘ra, Urganchdagi Kovid markaz shifokorlari otasining tromboemboliyadan o‘lganini aytishgan va o‘lim varaqasiga ham shu kasallikni yozib berishgan. Читать дальше...