Yuzdan ortiq taniqli kinochi «O‘zbekkino» rahbarini diktatorlikda ayblab, hukumatga shikoyat qildi
Taniqli o‘zbek kino arboblari «O‘zbekkino» direktori Firdavs Abduholiqovni yakkahokimlikda¸ senzorlikda va kino sohasini bilmaslikda ayblab, 14 aprel kuni Bosh vazir Abdulla Aripovga jamoaviy shikoyat xati bilan chiqdi. Kino arboblari shikoyati 16 aprel kuni mahalliy nashrlarda e’lon qilindi, keyin olib tashlandi va 17 aprelda yana tiklandi. Firdavs Abduholiqovning vakili 17 aprelda Ozodlikka shikoyat yuzasidan Abduholiqovning o‘zi yaqin kunlar ichida jamoatchilikka izoh berishini bildirdi ... Читать дальше...