Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Апрель
2020

Yuzdan ortiq taniqli kinochi «O‘zbekkino» rahbarini diktatorlikda ayblab, hukumatga shikoyat qildi

0
Yuzdan ortiq taniqli kinochi «O‘zbekkino» rahbarini diktatorlikda  ayblab, hukumatga shikoyat qildi

Taniqli o‘zbek kino arboblari «O‘zbekkino» direktori Firdavs Abduholiqovni yakkahokimlikda¸ senzorlikda va kino sohasini bilmaslikda ayblab, 14 aprel kuni Bosh vazir Abdulla Aripovga jamoaviy shikoyat xati bilan chiqdi.

Kino arboblari shikoyati 16 aprel kuni mahalliy nashrlarda e’lon qilindi, keyin olib tashlandi va 17 aprelda yana tiklandi.

Firdavs Abduholiqovning vakili 17 aprelda Ozodlikka shikoyat yuzasidan Abduholiqovning o‘zi yaqin kunlar ichida jamoatchilikka izoh berishini bildirdi

Shikoyat maktubida 2019 yilda «O‘zbekkino» milliy agentligi direktori etib tayinlangan Firdavs Abduholiqov kino rivojiga mutlaqo aloqador bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgani, ko‘p yillik tajribaga ega xodimlarni chetlatib, ularning o‘rniga kino sohasidan yiroq bo‘lgan, uning o‘zigagina qarashli odamlarni boshqarma va bo‘limlar rahbarligiga tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani yoziladi.

Shuningdek, maktubda «Abduholiqov ish o‘rniga  va’zxonlik,tadbirbozlik, keraksiz ishlar bilan shug‘ullangani hamda davlat mablag‘ini keraksiz safarlarga sarflagani" aytiladi. 

Ozodlik muxbiri tanishib chiqqan jamoaviy shikoyat 109 kishi tomonidan, xususan, «O‘zbekkino» bosh direktori birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, bosh direktor o‘rinbosari Nizom Mahmudov, «O‘zbekfilm» direktori Fotih Jalolov, O‘zbekiston kinoarboblar uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy direktori Bahrom O‘tanov, «Multstudiya» direktori Sevara To‘laganova, Respublika kinofondi direktori Shuhrat Umarov, shuningdek, Hilol Nasimov, Jahongir Qosimov, Sarvar Karimov, Abduhalil Mingnorov, Akbar Bekturdiyev kabi rejissyorlar tomonidan imzolangan.

Ozodlik ushbu xatni imzolagan 109 kishidan biri, taniqli kinorejissyor Jahongir Qosimov bilan suhbatlashdi.

Qosimov arizada keltirilgan shikoyatlar nafaqat 109 kishi¸ balki¸ o‘zbek kinoindustriyasida band bo‘lgan minglab ijodkorlar dardi ekanligini ta’kidladi.

Abduholiqov shaxsiga emas¸ balki uning samarasiz faoliyatiga qarshi ekanligini aytgan Qosimov mahalliy matbuot sahifalaridan «ushbu shikoyat xati haqidagi maqolalarning ko‘rinmas qo‘llar bilan oldirtirib tashlnishi muammo yechimi emasligini» ta’kidladi.

Kinochilarning jamoaviy shikoyati 16 aprel kuni Daryo.uz ¸ Qalampir. uz  kabi maxalliy nashrlarda e’lon qilingan va kunning ikkinchi yarmiga borib olib tashlangan edi. Maqola yozilayotgan 17 aprel, kunning ikkinchi yarmiga kelib, bu nashrlardagi maqolalar qayta tiklandi. 

Abduholiqovning vakili nima dedi?

Ozodlik Firdavs Abduholiqovning vakili bilan 17 aprel kuni bog‘landi.

Vakil bu jamoaviy shikoyat yuzasidan Abduholiqovnig o‘zi yaqin kunlar ichida jamoatchilikka izoh berishini bildirdi. Abduholiqov ko‘z qarashini Ozodlik bilan suhbatda ifodalagan vakilga ko‘ra¸ bu maktub kinodan pul qilishni o‘ziga maqsad qilgan keksa avlod talvasasidir, degan fikrni bildirarkan, bunday dedi:

«Abduholiqov kino sohasidagi korrupsiyaga barham berish maqsadida yangi shaffof tizim joriy qildi. Bu tizim kinoga ajratilgan davlat mablag‘larini o‘marishga ixtisoslashgan eski avlod kadrlar bozorini kasod qildi»

Abduholiqov vakiliga ko‘ra. «taniqli kinochilar bu provokatsiyada kino korrupsionerlarining qo‘lida qo‘g‘irchoq sifatida qo‘llanilmoqda»

Abduholiqovning vakili «eski avlod korrupsionerlari» aynan kim ekanligiga aniqlik kiritmadi.

Shikoyat arizasiga qo‘l qo‘ymagan, ammo kino sohasidagi muammolar botligiini e’tirof etgan va  ismi aytilmaslik sharti bilan Ozodlikka suhbat bergan taniqli kinochining aytishicha¸ «Jang kino sohasidagi eski va qotib qolgan generatsiya vakili «O‘zbekkino» bosh direktori birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev va sohani shaffof qilishga uringan Firdavs Abduholiqov o‘rtasida kechmoqda:

- Men har ikki tomonning o‘z haqiqati borligini aytmoqchiman. Tajribali mutaxassislar e’tibordan mosuvo bo‘lgani rost. Abduholiqov o‘zini o‘zi piar qilish va aniq zaminga ega bo‘lmagan loyihalar haqida jar solish bilan bandligi ham rost.. Xolbuki o‘zbek kino san’ati targ‘ibotchiga emas¸ balki krizis davri menejeriga muhtoj. Abduholiqov siymosida bu menejerni ko‘rmoqchi bo‘lganlarning hafsalasi pir bo‘ldi. Ayni paytda Abduxoliqov tanqidchilarinig o‘zlari ham muammoni yechishga qodir emas.

Ozodlik 17 aprelda bog‘langan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi rahbari Muxlisa Azizova kinochilar va uning rahbari o‘rtasidagi bu nizoga hozircha izoh bermasligini aytdi. 

"Abduxoliqov suvdan quruq chiqadi"

Rossiya va Belarusda suratga olingan bir necha filmlar muallifi va ayni paytda u O‘zbekistonda suratga olgan «Sudxo‘rning o‘limi» filmi senzura bois tokchaga qo‘yilgan 49 yashar kinorejissyor Ulug‘bek Yo‘ldoshevga ko‘ra¸ vaziyat shikoyat xatida yoziliganidan ancha yomon:

- Shikoyat o‘ta zaif yozilgan. O‘zbek kinosidagi otkatlar tizimi¸ korrupsiya faktlari haqida aniq yozish kerak edi. Firdavs Abdiholiqov dabdabali gapirib keyin bu gaplarni esdan chiqaradigan mulozim. Masalan u Moskvaga kelganida Shuhrat Abbosovning 90 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaymiz, haykal qo‘yamiz,maktablar ochamiz Abbosov nomida deb va’da berdi. Katta gapirdi. Bulardan bittasi ham amalga oshmadi. Hech nima kilmadi. U televizionshchik. Kino ham TVga o‘xshash narsa deb o‘ylab qattiq yanglishadi. Shikoyatchilarning haqli arizasi inobatga olinmaydi deb o‘ylayman. Firdavs Abduholiqov yana suvdan quruq chiqadi. U Gulnora Karimova go‘shtmaydalagichidan omon chiqqanligini eslang. Menimcha Firdavs Abduholiqov bu maktubdan unumli foydalanadi. U allaqachon «O‘zbekkino» tashkilotini demontaj qilmoqchi edi. Nihoyat buni amalga oshirish uchun a’lo imkoniyat paydo bo‘ldi.

Gulnoraning qanoti ostida  yetishgan media magnat

Asli samarqandlik 57 yashar Firdavs Abduholiqov O‘zbekistonda bir qator nashrlarning egasi sifatida tanilgan.

Islom Karimovning qizi - Gulnora Karimovaning yonida 10 yilga yaqin ishlagan va bu muddatda mahalliy jurnalistlar ta’biricha, Firdavs Abduholiqov "O‘zbekistondagi eng yirik mediamagnatga" aylangan edi.

O‘zbekistondagi qator nodavlat telekanallar - Forum TV, TV-Markaz, NTT va SOFTS telekanallari STV - Samarqand telekanali O‘zbekistondagi media bozorni to‘liq nazoratiga olgan NEOAVMA - Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi orqali uning rahbari bo‘lgan Firdavs Abduholiqovga 2019 yilgacha hisob berib kelgan edi.

Asl kasbi rus filologi bo‘lgan, Oliy Majlisning 57 yashar sobiq deputati Firdavs Abduholiqov 1991 yilda O‘zbekistondagi ilk nodavlat telekanal va gazetani ochish bilan birga 2003 yildan buyon mamlakatdagi 60 dan ortiq axborot vositasini birlashtirgan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga 2019 yilgacha rahbarlik qilib kelgan edi.

Bundan tashqari, 2008 yillardan boshlab, u Gulnora Karimova yetakchiligida bo‘lgan va 2013 yilning oxirida yopilgan "Forum fondi" tashkiloti tadbirlarida faol ishtirok etgan amaldorlardan biri sifatida muttasil matbuot ko‘z o‘ngida bo‘lgan.

Shuningdek, Absuholiqov O‘zbekistondagi ilk ko‘ngilochar gazeta hisoblangan va juda katta tirajda chop etilgan "Darakchi" gazetasi, bu gazeta va yana bir necha ko‘ngilochar nashrlarni chop ettirayotgan "Darakchi" ijod uyining ham Abduholiqovga tegishli ekani aytiladi.

Bu nashrlar ham, Gulnora Karimovaga tegishli biznes imperiya qulashi arafasida "takror tekshiruvlardan" o‘tgan, qisqa muddatga yopilib-ochilgan edi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: В «Зарядье» пройдет форум будущего БРИКС «Облачный город»


Спорт в России и мире
Москва

Футболисты ФК «Динамо Пушкино» заняли второе место в межрегиональном турнире Laffy Cup 2024


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
ATP

Российский теннисист Медведев опустится на строчку в рейтинге ATP


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Российский рынок одноразовой биоразлагаемой посуды: итоги 2023 г., прогноз до 2027 г.





Путин в России и мире
Москва

«Газпром-Медиа» и Медиакорпорация Китая подписали соглашение о сотрудничестве


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Президент Камеруна получил послание от Президента Лукашенко




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский заявил, что обеспокоен заявлениями республиканцев в США


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Анастасия Волочкова

«Деньги уходили»: Волочкова рассказала о предательстве домработницы



Москва

Исторический бал проведут на Сиреневом фестивале в Подольске 25 мая

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net