Hujjat: Internetdagi diniy axborot xurujlariga qarshi tezkor chora ko‘rish taklif qilindi
Prezident ma’muriyatiga Bosh prokuror nomidan jo‘natilgan xatning Ozodlikka kelib tushgan nusxasida "UZ" domenida "nosog‘lom fikr"larga tayanilgan diniy materiallar ko‘payganidan xavotir bildirilgani ma’lum bo‘ldi. Xatda diniy materiallarni tarqatib kelayotgan mustaqil veb-resurslar nomi tilga olingan va ularni o‘qiyotganlar soni so‘nggi ikki yilda kunlik 35 mingdan 66,5 ming nafarga oshgani aytilgan. Prokuratura bunday materiallarga qarshi tezkor chora ko‘rish mexanizmini ishlab chiqishni taklif qilgan. Читать дальше...