“Prezidentni ko‘ramiz deb borcak, begona uyga bir necha soatga qamab qo‘yishdi”
Bo‘ka, Piskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji pastligicha qolmoqda. Quyichirchiq, Bekobod, Ohangaron, Piskent va Bo‘ka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat ko‘rsatish hajmi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2−3 barobar kam. Bu haqda Prezident Mirziyoev 3 iyun kuni Nurafshon shahrida Toshkent viloyat faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytgani to‘g‘risida davlat rahbari rasmiy sayti xabar qildi.