“Xususiy mulkim bo‘lgan omborxonani buzib tashlashmoqchi”
Buxoro shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor Ulug‘bek Bahromovning aytishicha, uning qonuniy sotib olgan, xuusiy mulki bo‘lgan omborxonasini shahar hokimligi noqonuniy buzib tashlamoqchi. “Bizda, Buxoroda, tadbirkorlarning xususiy mulklarini zo‘rlik bilan tortib olishyapti. Keyin bu joyni boshqa odamga qaror chiqarib berishyapti. Oliy sud hozir davo arizamizni ko‘rib chiqmoqda. Qounun bo‘yicha, sud ko‘rib chiqquncha bu joyga hech kim tegmasligi kerak. Lekin bular buzib tashlamoqchi. Читать дальше...