Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Декабрь
2020

Rossiyada FSB agenti bilan uchrashmoqchi bo‘lgan Lyubov Sobolga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

0
Rossiyada FSB agenti bilan uchrashmoqchi bo‘lgan Lyubov Sobolga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Rossiyada Kremlning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (Fond borbi s korrupsiey – FBK) advokati Lyubov Sobolga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda 25 - dekabr kuni fond rahbari Ivan Jdanov ma’lum qildi.

Jdanovning so‘zlariga ko‘ra, Sobol «zo‘ravonlik bilan yoki zo‘ravonlik tahdidi bilan» birovning uyiga kirishga urinishda ayblanmoqda. Sobol Navalniy zaharlanishida Federal xavfsizlik xizmati (FSB) qo‘li borligini aytgan agentning uyiga borib, uning eshigi qo‘ng‘irog‘ini chalgan.

25 - dekabr kuni Sobolning advokati Vladimir Voronin AFP agentligiga bergan intervyusida Sobolga rasman ayblov qo‘yilishi kutilayotganini aytdi.

Rossiya rasmiylari bu holatni hali izohlagani yo‘q.

25 - dekabr kuni politsiya Sobolning kvartirasiga bostirib kirib, uning kompyuterlari va telefonlarini olib ketgan.

Korrupsiyaga qarshi kurash fondi Twitterda «Lyubov Sobol Tergov qo‘mitasiga so‘roq qilinish uchun olib ketildi. Kvartirasini tintuv qilishmoqda», deb yozdi.

Sobol o‘z kvartirasi ichidan olingan videoni Twitterda ulashganidan keyin ko‘p o‘tmay tarmoqdan g‘oyib bo‘ldi. Videoda birov eshikni ochishni talab qilib uni taqillatar ekan, Sobolning yetti yashar qizi yig‘layotganini eshitish mumkin.

«Ular eshikni taqillatib, politsiya kelganini aytishyapti. Aftidan, tintuv mening uyimda bo‘ladi. Avval hech qachon uyimni tintuv qilishmagan edi. Hamma narsa qachondir birinchi marta sodir bo‘ladi. Aftidan, men yaqinda Navalniyni zaharlagan Kudryavsev oldiga borganim uchun», -deydi Sobol videoda.

Navalniy jamoasi tomonidan tarqatilgan boshqa videoda Sobolning Moskvadagi turar-joy binosi ichida qora kiyimdagi niqobli odamlarni ko‘rish mumkin.

Sobol Konstantin Kudryavsev bilan 21 - dekabr kuni kechqurun uchrashishga uringan jurnalistlar va siyosiy faollar orasida bo‘lgan. O‘sha kuni Navalniy Kudryavsev bilan uning zaharlanishida FSB roli borligi haqida qilgan suhbati audioyozuvni e’lon qilgan edi.

Sobolning advokati tergov ishi Kudryavsevning qaynonasi shikoyat qilganidan so‘ng ochilganini aytdi.

Navalniy Rossiya hukumatining «isterik reaksiyasi» ular aybdorligini tasdiqlashini ta’kidladi.

25 - dekabr kuni muxolifatchi Twitterda «Siz qotilning eshigi qo‘ng‘irog‘ini chalsangiz, ular sizning eshigingizni buzib kirib, sizni so‘roq qilish uchun olib ketishadi», - deb yozdi.

Yevropaning uchta alohida davlatida o‘tkazilgan laboratoriya sinovlari Navalьniy sovet davrida yaratilgan «Novichok» asabni falajlovchi moddasi bilan zaharlanganini ko‘rsatdi. Bu xulosani kimyoviy qurollarni nazorat qiluvchi global tashkilot ham tasdiqladi.

Rossiya Navalniy zaharlanishi bo‘yicha tergov ochishdan bosh tortib keladi. Kreml muxolifatchining zaharlanishida hukumat agentlari qo‘li borligini rad etmoqda.

Navalniy ayni paytda Germaniyada bo‘lib, sog‘lig‘ini tiklamoqda. U vataniga qaytishni rejalayotganini aytgan.

Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Navalniy zaharlanishi uchun javobgar deb ko‘rilgan olti nafar rossiyalik mansabdor shaxsga, shuningdek, «Novichok» nomi bilan tanilgan harbiy zaharlarni ishlab chiqargan dasturga aloqador tashkilotga qarshi sanksiya joriy qilgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин поздравил православных христиан с Пасхой


Спорт в России и мире
Москва

«Динамо» возглавило турнирную таблицу РПЛ после победы над «Сочи»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Соболенко и Швентек сыграют в финале турнира WTA в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

В России замечен доступный кроссовер по цене Lada Granta: что о нем известно?





Путин в России и мире
Москва

Мантуров: на инаугурации Путина 7 мая представят обновленный Aurus Senat


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Русских заявил о субсидировании новых авиарейсов до Минска




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Анастасия Волочкова

Волочкова продемонстрировала хорошую спортивную форму



Москва

Aurus Путина получил обновленный дизайн: новая версия авто представлена журналистом Павлом Зарубиным

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net