Bog‘ini himoya qilgan qarshilik ayol "10 daqiqalik sud"da 10 sutkaga qamaldi. U o‘ziga tahdidlardan shikoyat qilmoqda
Qarshi shahrining Buyuk Turon mahallasi aholisi 27 - noyabr kuni o‘zlari 27 yil mobaynida yaratgan bog‘ning kesilishiga qarshi norozilikka chiqqanidan keyin, 250 kishi orasidan faqat bir kishi, yolg‘iz ona 44 yashar Mashhura Sodiqova ma’muriy sud qarori bilan o‘n sutkaga qamalib chiqdi. Ayol agar u shikoyat qilishdan to‘xtamasa, rasmiylar uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburlab yotqizish bilan tahdid qilayotganini iddao qildi. Qarshi shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Umid Jabborov bu voqealardan xabari yo‘qligini aytdi. Читать дальше...