Buxoroda norozi aholi yo‘lni to‘sib qo‘yishi ortidan gaz ta’minoti qisman tiklandi
Buxoro viloyatining Buxoro va Qorako‘l tumanlarida gaz ta’minotidan norozi aholi magistral yo‘lni to‘sib qo‘yishidan bir kun o‘tib, ushbu tumanlarda gaz ta’minoti qisman tiklangani aytilmoqda. 10 - dekabrga o‘tar kechasi gazsiz qolgan Qorako‘l tumanining “Do‘stlik” va “Qorako‘z” mahallalari aholisi O‘zbekistonni Turkmaniston va Eron bilan bog‘lovchi M37 xalqaro avtomagistral yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Bundan oldin Buxoro tumanida ham tabiiy gaz va elektr taqchilligidan norozi aholi yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabar qilingandi. Читать дальше...