Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Декабрь
2020

Sud qoldirildi. Yunusoboddagi yerni tekinga olgan shirkat prezident kuyovi bilan aloqalarini rad etmoqda (VIDEO)

0
Sud qoldirildi. Yunusoboddagi yerni tekinga olgan shirkat prezident kuyovi bilan aloqalarini rad etmoqda (VIDEO)

Toshkent shahar hokimining qarori ustidan shikoyat qilgan 80 dan ortiq tadbirkorning arizasini ko‘rib chiqayotgan Chilonzor tuman ma’muriy sudi 2 -dekabr kuni e’lon qilinishi kutilgan qarorini noma’lum muddatga qoldirdi.

Yunusobodning xalq tilida Universam deb ataladigan hududida faoliyat olib boradigan tadbirkorlar hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘z do‘kon va xizmat ko‘rsatish muassasalari joylashgan 6 gektar yerni Urban Developers MChJga berish qarorini bekor qilish so‘rovi bilan sudga ariza topshirgan.

Chorshanba kuni sud Ortiqxo‘jayev qarorini kuchda qoldirish yoki uni bekor qilish yuzasidan o‘z qarorini e’lon qilishi kutilgandi.

Ozodlik surishtiruvi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan Urban Developers MChJning prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunovga tegishli shirkat bilan aloqalarini o‘rtaga chiqardi.

2 - dekabr kuni Ozodlikka yuborgan yozma “Raddiya”sida mazkur MChJ rahbari Ansor Naberayev kompaniyaning Oybek Tursunov bilan aloqalarini qat’iyan rad etdi.

Qarorsiz sud

2 - dekabr¸ chorshanba kunining ikkinchi yarmida Chilonzor tuman ma’muriy sudida Yunusobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bergan shikoyat arizasi yuzasidan birinchi instansiya sudining qarori e’lon qilinishi belgilangan edi.

Sud Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning 2019 - yil 31 - dekabr kuni Yunusoboddagi 100 ga yaqin tadbirkorga qarashli savdo va xizmat obyektlari joylashgan 6 gektarlik hududni Urban Developers MChJga berish qarorining qonuniy yoki yo‘qligi yuzasidan ajrim chiqarishi kutilayotgandi.

(Ushbu videoda hokim qarori kuchda qolsa¸ buzilishi kerak savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari aks etgan.)

Mahkama qarori chiqarilishi oldidan tadbirkorlar sud mulozimlaridan Yangi shahar¸ Amir Temir va Ahmad Donish ko‘chalari kesishuvidagi 6 gektarlik hududni bevosita kelib ko‘rishni so‘rashgan.

Tadbirkorlarning Ozodlikka aytishicha, 2 - dekabr kuni soat 12 da qaror beruvchi sud’ya va uning yordamchilari tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvga kelishi belgilangan edi.

“Sayyor sud majlisi 12 ga belgilangan edi. Juda ko‘pchilik yig‘ilib¸ sud’ya kelishini kuta boshladik. 11 lar atrofida Chilonzor ma’muriy sudi sekretari advokatimizga telefon qilib¸ sudning qoldirilganini aytdi. Sud¸ go‘yo sud’yani yordamchisini Oliy sudga chaqirtirishgani uchun¸ degan bahona bilan noma’lum muddatga kechiktirildi. Yangi majlisning qachon bo‘lish xabarini o‘zimiz beramiz¸ deyishdi”¸ - dedi 2 - dekabr kungi sud majlisiga bevosita aloqador tadbirkorlardan biri.

Suhbatdoshlarga ko‘ra¸ sayyor sud majlisidan so‘ng jarayonning soat 15:00 da Ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor sudi binosida davom etib¸ bu majlisda qarorning o‘qib eshittirilishi kutilgan.

2 - dekabr kuni Ozodlik Ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor tuman sudidan qaror chiqarishning nima uchun qoldirilgani borasida rasmiy izoh ololmadi.

O‘zbekiston Oliy sudi Axborot xizmatining Ozodlik gaplashgan mas’uli majlisning "asosli sababga ko‘ra" qoldirilganini bildirdi.

- Sud’yaning yordamchisi emas¸ balki bu ishni ko‘rib chiqayotgan sud’yaning o‘zi Oliy sud Malaka hay’ati komissiyasi yig‘ilishiga chaqirilgani bois majlis qoldirilgan. Bu esa¸ asosli sabab. Prezident qaroriga asosan¸ 2021 - yilning 1 - yanvaridan tumanlarda Ma’muriy sud bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan hozir tuman ma’muriy sudi sud’yalari Malaka kengashiga chaqirtirilib¸ suhbatdan o‘tkazilmoqda. Yunusoboddagi tadbirkorlar ishi bo‘yicha sudning keyingi majlisi yanagi haftaga qoldirildi. Bu haqda ularga xabar beriladi¸ - dedi Oliy sud Axborot xizmati vakili.

Bu mulozim tadbirkorlarning shov-shuvli ishi yuzasidan qaror chiqaruvchi sud’yaning aynan shu qaror e’lon qilinadigan kun va soatda Oliy sudga chaqirtirilgani o‘rtasida hech qanday "hayron bo‘ladigan" aloqadorlik yo‘qligini ta’kidladi.

Ozodlik gaplashgan tadbikorlar esa¸ birinchi instansiya sudi qarorini e’lon qilish kechikkaniga muammoning matbuotda yoritilgani sabab bo‘lganini taxmin qiladi.

Ozodlik 26 - noyabr kuni hokim Ortiqxo‘jayevning o‘nlab tadbirkorlar yeri va biznesini tortib olish evaziga savdo-ko‘ngilochar majmua qurish rejasi bayon qilingan qarori haqida maqola chop etgan edi.

Ozodlik surishtiruvi Yunusobodning eng bozorgir hududidagi 6 gektar yerni tekinga qo‘lga kiritgan Urban Developers MChJning prezident Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunovga tegishli shirkat bilan aloqalarini o‘rtaga chiqargan.

Bu surishtiruvda keltirilgan ma’lumotlar hamda tadbirkorlarning 1 - dekabr kuni prezidentga qilgan videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

“Raddiya”

2 - dekabr kuni Urban Developers MChJ rahbari Ansor Naberayev Ozodlik surishtiruvida keltirilgan ma’lumotlarga rasmiy raddiya berdi.

Ozodlikning Telegram kanaliga yuborilgan yozma maktubda bu MChJning prezident kuyoviga aloqasi yo‘qligi ta’kidlanadi.

Yunusoboddagi 100 ga yaqin tadbirkor mulklari joylashgan 6 gektarlik yerni biror tender yoki auksionsiz olgan shirkat yerni tekinga olganini rad etmoqda. Urban Developers MChJ vakili o‘z raddiyasida "O. Tursunov"ning o‘ziga na bevosita va na bilvosita aloqasi borligini iddao qildi. Ayni paytda Ozodlik surishtiruvidagi hujjatlarni inkor etuvchi biron dalil keltirmadi.

Ozodlik Urban Developers MChJ rahbari yozma javobini jamoatchilik e’tiboriga to‘liq havola etishga qaror qildi.

«Xorijiy ommaviy axborot vositalari (Ozodlik nazarda tutilmoqda – tahr.)da Toshkent shahar hokimining «Urban Developers» MChJga shahar hududidan bepul yer bergani haqida maqola e’lon qilindi.

Ushbu ma’lumot asosli emas. Yangi shahar, Amir Temur va Ahmad Donish ko‘chalari kesishmasidagi hudud (6 gektar) Toshkent shahar hokimining qarori asosida investitsiya majburiyatlari sharti bilan zamonaviy savdo-ko‘ngilochar majmuasini qurish uchun kompaniyaga berildi.

Xususan, ushbu qarorga binoan, barcha bino egalariga ularni qondiradigan tovon puli to‘lamaguncha, xususiy binolarni buzish taqiqlanadi.

Agar egalar o‘z mulklarini sotishdan bosh tortsa, shahar hokimining yuqoridagi qarori shartlarini bajarish imkonsizligi sababli Urban Developers MChJning savdo markazini qurish loyihasi amalga oshirilmaydi.

Chet el ommaviy axborot vositalari, shuningdek, «Urban Developers» MChJ ustav kapitalida 97% ulushga ega bo‘lgan Odoratus Business LLP (Buyuk Britaniya) kompaniyasi janob O.Tursunov bilan bevosita bog‘liqligi to‘g‘risida tekshirilmagan ma’lumot tarqatdi.

Aslida O.Tursunovning ko‘rsatilgan kompaniyaga hech qanday aloqasi yo‘q, uning ulushlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita egalik qilmaydi, uning ustidan boshqaruv yoki qandaydir boshqa ko‘rinishdagi nazoratni amalga oshirmaydi”.

Ozodlik ushbu raddiya ortidan Urban Developers MChJ rahbariga mazkur kompaniya bilan prezidentning katta kuyovi Oybek Tursunov o‘rtasida bevosita aloqadorlik borligini ko‘rsatuvchi hujjatlar mavjudligini eslatdi.

 

Ammo Urban Developers MChJ rahbari ushbu eslatmani javobsiz qoldirdi. Shuningdek, Yunusoboddagi minimal qiymati Toshkent shahar hokimining o‘zi belgilagan narxga asosan¸ taqriban 11¸5 million dollarga teng 6 gektar yer uchun Urban Developers qancha haq to‘lagani haqidagi savol ham hozircha ochiq qolmoqda.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Искусственный интеллект станет базовой медицинской технологией в Москве


Спорт в России и мире
Москва

Команда подмосковного главка Росгвардии заняла призовое место на чемпионате Центрального округа по стрельбе из боевого ручного стрелкового оружия


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Самсонова победила Осаку и вышла в третий круг турнира WTA 1000 в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Опыт проведения Всероссийской акции «Вода России» представлен на межведомственном заседании в Ташкенте





Путин в России и мире
Москва

Эксперт: корректировка порогов крупного и особо крупного ущерба по экономическим статьям оправдана и своевременна


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Минск не исключает попыток оппозиции оторвать часть территории Белоруссии в пользу НАТО




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Ru24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Михаил Кутушов

Компания ICDMC стала победителем престижной премии в сфере ЗОЖ – Green Awards 2023/24



Москва

Лучшим фильмом основного конкурса ММКФ-2024 назвали картину «Стыд»

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net