Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Декабрь
2020

Qish boshlanmay turib qariyb 20 o‘lim. Biroq hech kim tovon talab qilmaydi

0
Qish boshlanmay turib qariyb 20 o‘lim. Biroq hech kim tovon talab qilmaydi

30 - noyabr tongida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xonadonlardan birida gaz portlashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va yana ikki kishi jarohatlandi.

25 - noyabrda Sirdaryo viloyat, Xovos tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan halok bo‘ldi.

Bundan tashqari, nihoyasiga yetgan kuzning so‘nggi ikki oyida, kamida 12 kishi gaz yo‘qligi yoki bosimi pastligi tufayli qo‘lbola pechka yoqish oqibatida is gazidan halok bo‘ldi.

Ozodlik suhbatlashgan huquqshunoslar fikricha, bu qurbonlar uchun yaqinlarining tovon puli undirish ehtimoli deyarli yo‘q darajada: shu paytgacha O‘zbekistonda bunday pretsedent qayd etilgan emas.

Yangiyo‘lda ikki o‘lim

30 - noyabr, ertalab soat 7:42 da Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Qirariq mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Istiqlol ko‘chasi, 80- uyda gaz portlab, yong‘in yuz berdi va uyning bir qismi qulab tushdi.

FVVning xabar qilishicha, natijada oilaning ikki a’zosi halok bo‘lgan, yana ikki a’zosi og‘ir tan jarohati olgan. Yangiyo‘l tuman rasmiylari, xususan, gaz ta’minoti korxonasidan qo‘shimcha ma’lumot olishning hozircha imkoni bo‘lmadi.

Biroq Sirdaryo viloyat, Xovos tuman gaz ta’minoti idorasi rahbari Nuriddinxon Karimxonovich 25 - noyabr kungi fojia yuzasidan Ozodlikning ba’zi savollariga javob berdi.

Xovosda to‘rt o‘lim

25 - noyabr, soat 12:35da yuz bergan bu fojiada vafot etganlarning uch nafari yoshi hali 10 ga ham to‘lmagan bolalar bo‘lgan. 31 yoshli uy bekasi va uning 9 yashar o‘g‘li voqea joyida halok bo‘lgan. 7 va 3 yoshli ikki o‘g‘il kasalxonada 26 - noyabrda o‘ziga kelmay vafot etgan.

Bosh prokuratura bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlangani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini 26 - noyabrda bildirdi.

Xovos tuman gaz ta’minoti idorasi rahbari Nuriddinxon Karimxonovich Ozodlikning “bu fojiada tumangazning aybi bor, deb hisoblaysizmi”, degan savoliga “Bu voqeada bizning aybimiz yo‘q, bor deb hisoblasam ham bo‘ladiyu lekin...” deb javob berdi.

Bu gapdan keyin Xovosgaz rahbari fojia sababini tushuntirishga urinib, bunday dedi:

“Oila ko‘p qavatli uyning beshinchi qavatida yashagan, kichkina bir hammom qilgan ekan, o‘sha yerga bir pechka qurishgan, normalniy gorelka qo‘yishgan, lekin mo‘risi yo‘q, gaz plitaning ustidagi teshiklar ham latta bilan yopib qo‘yilgan, natijada is gazi xonadan chiqib ketmagan”.

Xovosdagi fojia tafsilotlariga doir dastlabki xabarlarda gaz bosimi tufayli xonadon qo‘lbola pechka bilan isitilgani aytilgan. Biroq Xovosgaz rahbari gaz bosimi pastligini inkor qildi. Marhumlarning yaqinlariga tovon puli to‘lash haqida Ozodlik savolni berishni boshlashi bilanoq gaz ta’minoti korxonasi boshlig‘i bilan aloqa uzilib qoldi va keyin ulanib bo‘lmadi.

"Marhumlarning yaqinlaridan murojaat tushmadi"

Xovos tuman Xalq qabulxonasi mutaxassisi Munojot Julbekova Ozodlikning  25 - noyabrdagi fojia bilan bog‘liq savollariga javob berdi. Julbekovaning fikricha, bir oilaning to‘rt a’zosi o‘limi bilan tugagan fojiaga dabdurustdan tumangazni aybdor deyish adolatdan bo‘lmaydi:

“Tumangazning javobgarligi to‘g‘risida, agar bunday fojia keng ko‘lamli bo‘lsa, gapirish mumkin bo‘lardi. Bu erda gap, meningcha, oilaning o‘z xavfsizligi uchun o‘z mas’uliyati bilan bog‘liq. Lekin baribir vaziyatni to‘liq o‘rganmay turib, bir narsa deyolmayman”.

Munojot Julbekovaning aytishicha, tuman Xalq qabulxonasi FVV tuman bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni tekshirib chiqqan, xavfsizligi talabga javob bermaydigan xonadonlar ogohlantirilgan.

Xovos tuman xalq qabulxonasi mutaxassisining aytishicha, fojia yuz bergan oilaning omon qolgan a’zolari bir martalik moddiy yordam olishi mumkin.

“Yordam olish uchun oiladan murojaat bo‘lishi kerak. Murojaat tushgani yo‘q. Biz o‘zimiz yordam berolmaymiz, chunki fondimiz yo‘q. Hokimiyat orqali, xayriya tashkilotlari orqali yordam ko‘rsatilishini ta’minlaymiz. Agar oila fuqarolar yig‘iniga murojaat qilsa, MFY ma’lumotnoma beradi, haqiqatan ham shunday fojia bo‘ldi, deb. MFY raisi so‘rovnoma bilan chiqsa, bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin. Yoki sug‘urta qilingan bo‘lsa, sug‘urtasini olishi mumkin”.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot kotibi Sherali Sattorovning Ozodlikka bildirishicha, yaqini o‘limi uchun tovon puli undirilganiga oid birorta ham voqeadan uning xabari yo‘q.

“Ayni paytda Samarqandda bir tadbirkor issiqxonasidagi ekinini sovuq urib ketgani uchun energiya bilan ta’minlovchi korxonadan 1 milliard so‘mdan ortiq undirib oldi”, - dedi Sherali Sattorov.

Federatsiya matbuot kotibi energiya manbalarini yetkazib beruvchi monopolist korxonalar hech qachon aybini bo‘yniga olmasligini, iste’molchi ular oldida har doim ojiz qilishini, o‘lim uchun tovon undirish u yoqda tursin, “gaz bosiming past” deb, ta’minotchini almashtirish imkoni yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

Sherali Sattorovning aytishicha, o‘lim uchun tovon undirishga yordam so‘rab, shu paytgacha biror fuqaro Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilganiga oid ma’lumoti yo‘qligini bildirdi. Matbuot kotibi yana bir muhim narsani aytdi: “Agar fuqaro o‘z huquqlarini talab qilib, sudga bizning jamiyat orqali murojaat qilsa, davlat boji to‘lamaydi”.

Toshkentlik huquqshunos Ruhiddin Komilov o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida birorta ham fuqaroning o‘lim uchun u yoki bu tashkilotdan tovon puli undirganini eslay olmadi:

"Muammo ildizi mavjud qonunlarning ijrosiga borib taqaladi. Gaz yetkazib berish to‘g‘risida iste’molchi bilan shartnoma tuziladi. Unda yetkazib beruvchi barcha majburiyatlarni zimmasiga oladi. Biroq bajarmaydi. Nega bajarmayapsan, deb fuqaro talab qilolmaydi, tagiga yetolmaydi. Hamma gap shunda".

Huquqshunosning fikricha, gaz yetkazib beruvchi korxona aybi bilan halok bo‘lgan yaqini uchun tovon puli undirishga asos bo‘la oladigan qator qonunlar bor, biroq u qonunlarning ishlashi uchun fuqarolarning o‘zlari ham harakat qilishi lozim:

“Odamlar uyalish, tortinish, andisha degan narsalarni bir chetga surib, o‘z huquqlari uchun kurashishga harakat qilishi, kurashishga o‘rganishi kerak”.

YuNISEFning “2019/2020: O‘zbekistondagi bolalar ahvoli tahlili” hisobotiga ko‘ra, 2018 - yilda O‘zbekiston aholisining 11,4 foizi milliy kambag‘allik darajasida yashagan. Xalqaro tashkilot hisobotida mamlakatdagi kambag‘al oilalarning 52 foizi ijtimoiy himoya tizimidan hech qanday yordam olmasligi aytilgan.

Mana shunday sharoitda, Ozodlik suhbatlashgan tahlilchilar fikricha, elektr energiyasi va gaz ta’minotining o‘ta abgor qolayotgani aholining himoyasiz qatlami salomatligi va hayotiga tahdid bo‘lib qolmoqda.

Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2019 - yilning olti oyida birgina poytaxtda 15 odam is gazidan zaharlanganini bildirgan bo‘lsa¸ ​"O‘ztransgaz” shirkati¸ 2018 - yilning yanvar-aprel oylari oralig‘ida O‘zbekistonda 58 odam is gazidan zaharlanib o‘lgani, 54 odamning esa jabrlanganini bildirgan edi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин фразой «ходят слухи словно мухи» прокомментировал уход замов в кабмин


Спорт в России и мире
Москва

Открытый московский фестиваль конного искусства и спорта пройдет на ВДНХ


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

WTA огорчила Елену Рыбакину после турнира в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Синоптик Позднякова: 9 мая в Москве еще будет кружить снег





Путин в России и мире
Москва

Никол Пашинян наговорил перед разговором // Премьер-министр Армении и президент России обсудят двусторонние разногласия


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко пригрозил мгновенным ответом на агрессию против Белоруссии




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Булат Окуджава

Музыкальный спектакль и ужин от шеф-повара: в Зеленоградске отметят 100-летие Булата Окуджавы



Москва

Весенний лед: хоккейная сборная собирает полные трибуны в регионах

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net