Rossiya Qurilish vazirligi O‘zbekistondan migrantlarni poyezdlarda olib kelmoqchi
Rossiya qurilish vazirligi qurilish maydonlarida ishlatish uchun mehnat migrantlarini charter poyezdlarida tashib kelish tartib-taomillarini O‘zbekiston bilan muhokama qiladi. Bu haqda vazir o‘rinbosari Nikita Stasishin ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS. “O‘zbekistonda mehnat migrantlarini saralash, emlash va boshqa zarur barcha ishlarni sinov tarzida tashkil qilishni rejalashtiryapmizki, bu bizga ularni poyezdlarda Qozog‘iston hududi orqali, markazlashtirilgan holda va xavfsiz yetkazib kelish imkonini beradi”, deydi Stasishin. Читать дальше...