Samarqandda davlat va YuNESKO himoyasida bo‘lgan arxitektura yodgorligi buzib tashlandi
Samarqand shahrining Amir Temur ko‘chasi 14-uyda joylashgan bino 11 sentabr kuni shahar Obodonlashtirish korxonasi va Majburiy ijro byuro xodimlari tomonidan buzib tashlandi. Bu bino 2010 yilgacha tarixiy arxitektura yodgorligi sifatida davlat himoyasida bo‘lgan. Holatdan xabardor hokimlik vakilining shaxsi ochiqlamaslik sharti bilan Ozodlikka bergan ma’lumotiga ko‘ra¸binoni buzish uchun sirtdan sud qarori chiqarilgan¸ ammo bu qaror ustidan shikoyat kiritilgani bois¸ Majburiy ijro xodimlarida binoni buzish vakolati bo‘lmagan. Читать дальше...