Manasga Navro‘z keldi
Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘iga bu yil Navro‘z boshqa hududlarga qaraganda bir oy oldin keldi. Tabiatning taqvimida janubiy Mirzacho‘lning markazida joylashgan bu qishloqning alohida o‘rni yo‘q albatta. Ammo Jizzax viloyatida Navro‘zga taraddud ham, uning kirib kelishi ham Manasdan boshlangani rost. Qishloq ahli aynan shu fikrda.