Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
Озодлик Радиоси
Ноябрь
2018

Migratsiya agentligida qamoqqa olishlar davom etmoqda. Koreyaga ketishni kutayotgan 3000 kishi kuyib qolishi mumkin

0
Migratsiya agentligida qamoqqa olishlar davom etmoqda. Koreyaga ketishni kutayotgan 3000 kishi kuyib qolishi mumkin

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Ozodlikka shaxsi sir qolishni so‘rab ma’lumot bergan mulozimlariga ko‘ra¸ 27 noyabr kuni vazirlik qoshidagi Tashqi migratsiya agentligida qamoqqa olishlar davom etgan.

Ozodlik suhbatdoshlarining aytishicha¸ agentlik rahbarlarining Koreyaga ishga ketish uchun ariza topshirgan minglab odamdan 20 million AQSh dollaridan ko‘proq pora olganlikda gumonlanib hibsga olinishi ortidan¸ agentlik faoliyati falaj bo‘lib qolgan.

Oqibatda¸ Koreyaga ishga ketish uchun uch bosqichdagi sinovlardan o‘tib¸ rasmiy ro‘yxatga kiritilgan 3000 dan ko‘proq o‘zbekistonlikning yil oxiriga qadar ketish-ketmasligi savol ostida qolgan.

Bandlik vazirligi va Tashqi migratsiya agentligi rasmiylari bilan 27-28 noyabr kungi bog‘lanish urinishlari natijasiz qolgani bois¸ bu ma’lumotga rasmiy munosabat olishning imkoni bo‘lmadi.

Ayni paytda¸ hozircha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Tashqi migratsiya agentligi rahbar va mulozimlaridan nechtasining hibsga olingani¸ ularning qaysi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanayotganiga oid rasmiy ma’lumot e’lon qilmadi.

Qama-qama davom etmoqda...

Ozodlik bilan bir-biridan mustaqil tarzda gaplashgan Bandlik vazirligining shaxsi ochiqlanishini istamagan ikki mulozimi¸ 27 noyabr kuni yangi hibsga olishlar bo‘lganini xabar qildi.

“Bugun soat 12 da Migratsiyadagi beshta bo‘lim boshlig‘ini olib ketishdi¸ ular ishxonasida prokuratura tintuv o‘tkazdi”¸ deb xabar qildi 27 noyabr kuni  vazirlik rasmiylaridan biri.

“Bugun o‘quv markazidan yana bittasini – D. S.ni olib ketishganini aniq bilaman. Bu ishni prokuratura DXX bilan birga qilayapti. Ushlanganlar Gvardeyskiy ko‘chasida so‘roq qilinayapti. Hozircha qo‘yib yuborilganlari kam¸ chunki hali olingan pora miqdori¸ yetkazilgan zarar aniq hisoblab chiqilmagan”¸ dedi voqea tafsilotlariga yaqin yana bir Toshkent mulozimi. 

Ozodlik muxbiri gaplashgan hukumatga yaqin uchinchi manba¸ qo‘lga olinganlardan katta miqdordagi porani davlatga qaytarish talab etilayotgani¸ ba’zi ushlanganlar aytilgan mablag‘ni to‘lash uchun o‘z hovli-joyini sotayotganini bildirdi.

Ozodlik hozircha bu jarayonga oid Bosh prokuraturadan rasmiy ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lmadi - bu ma’lumotning tergov siri ekanini bildirgan prokuratura rasmiylari¸ qamoqqa olishlar haqidagi xabarni na tasdiqladi va na inkor qildi.

“Bahor test” rahbari qochib ketdi?”

Ozodlik gaplashgan Bandlik vazirligining joriy va sobiq mulozimlari¸ ayni kunlarda tergov qilinayotgan “Koreya ishi” markazida  “Bahor test” nomli shirkat turganini iddao qildi.

“Janubiy vokzal yonida katta test o‘tkazadigan joylari bor.  Firmaning nomi “Bahor test”. Koreyaga ketuvchilar testga kirish uchun jetonni aynan o‘sha yerdan olardi. Bu yerda juda katta pul aylangan. Testdan o‘tsa-o‘tmasa 84 ming to‘lovni qilish shart. Bu pullarning uchyoti hech qaerda yo‘q. Jeton bir yilda 2 marta beriladi. Qachonki koreys tomoni test o‘tkazmoqchi bo‘lganda”¸ dedi Koreyaga ishga yuborish jaraëni tafsilotlaridan yaxshi xabardor sobiq mulozim.

Testga kirish uchun har bir odamdan olingan 84 ming so‘mning aksariyat qismi biror hujjatda qayd etilmagani barobarida¸ Ozodlik gaplashgan jarayonga aloqador mulozimlar ta’kidicha¸ jeton olish uchun ham alohida pora joriy etilgan.

“Bular jeton olishniyam maxsus sxema bilan korrupsiyaga aylantirgan. Bitta jeton narxi 1000$ gacha yetgan. Bu - jeton olishga navbatga kirish uchun to‘lanadigan pora. Butun respublika bo‘yicha 250 ming odam bularga pul to‘lagan. To‘lovlar rasmiy emas¸ hech qaerda ko‘rsatilmaydi. Hammasi aynan shu firmada koladi. Testdan o‘tkazish qiyin. Shuning uchun ham tinchgina bexavotir jetondan pul qilishgan. Ovoza bo‘lish riski ham kam.  Bular oldindan juda ko‘pchilikdan olib qo‘ygan jeton uchun”¸ deydi Ozodlik suhbatdoshlaridan biri.

Bir-biridan mustaqil manbalar¸ “Bahor test” korrupsiya mojarosida nomi tilga olinayotgan Bosh vazir o‘rinbosarining 2- xotinining akasi nomida ekani va koreys millatiga mansub toshkentlik bu odam Tashqi Migratsiya agentligida hibsga olishlar boshlanishi bilan qochib ketganini iddao qildi.

Ochiq manbalardan hozircha “Bahor test” degan shirkat borligini aniqlashning imkoni bo‘lmadi. Mahalliy matbuot xabarlarida¸ 2017 yil noyabridan Koreyaga ketuvchilardan test sinovlarini yangi tashkil etilgan “Kompleks test markazi” qabul qilishi aytilgan. Ozodlik suhbatdoshlari¸ “Bahor test”ning 2017 yildan yangi yuridik nomi “Kompleks test markazi”ga aylangani va test o‘tkazish vakolatining faqat shu shirkatga berilganini iddao qildi.

“Kompleks test markazi” saytida uning boshqaruvchilari va asl egasi kimligiga oid ma’lumot yo‘qligi bois¸ Ozodlik bu iddaoni tekshirish imkoniga ega emas. Saytda berilgan telefon raqamlariga 28 noyabr kuni bu ma’lumotni tekshirish maqsadida qilingan surunkali qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermadi.

Migratsiya agentligidagi korruptsiya mojarosi Koreyaga ketuvchilarni yo‘ldan qoldirishi mumkin

Ozodlik Tashqi migratsiya agentligi rahbarlarining hibsga olingani haqida xabar tarqatgani ortidan bu voqeaning Koreyaga ketish uchun so‘nggi ruxsatnomalarni kutib turgan minglab odamga ta’siri qanday bo‘lishiga oid savollar kelmoqda.

Bandlik vazirligining Ozodlik bilan shaxsi sir qolish sharti bilan gaplashgan mulozimlariga ko‘ra¸ O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq¸ uch bosqichlik sinovlardan o‘tgan jami 5000 nafar o‘zbekistonlik 2018 yil oxirigacha ishga jo‘nab ketishi kerak bo‘lgan.

“2018 yil davomida hozirgacha 2000 ga yaqin o‘zbekistonlik Janubiy Koreyaga ish vizasi bilan jo‘nab ketgan. Qolganini har-xil bahonalar bilan yil oxirigacha cho‘zib kelishgan. Vazirlikda vujudga kelgan egasizlik¸ parokandalik oqibatida. Pul yig‘ish maqsadini ko‘zlab. Vaqtida fuqarolarni jo‘natish choralari ko‘rilmagan. Yil tugashiga bir oy qolganda¸ agentlik rahbarlari qamalayapti va qolgan 3000 odamning ketish-ketmasligi savol ostida qolayapti”¸ dedi vazirlik mulozimi 28 noyabr kuni.

“Koreyaga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi boshlig‘i turmada ”pulga o‘tkazdim ishchilarni” deb ko‘rsatma beribdi. Endi bular testdan o‘tkazgan¸ tayyorlagan bolalarni qayta imtihonga qo‘yadi¸ deyishayapti. Ya’ni¸ pora berib¸ testdan o‘tganlarning test natijasi bekor bo‘lib¸ boshqadan test o‘tkazishlari mumkin. Hamma yoq ostin-ustun¸ aniq gapni birov bilmaydi. Lekin 2018 yil kvotasidan 3000 o‘rinning kuyish ehtimoli juda katta”¸ dedi bu mulozim.

28 noyabr kuni Ozodlik gaplashgan Tashqi migratsiya agentligining hududiy boshqarmalari rasmiylari ham barcha tegishli sinov va imtihonlardan o‘tib¸  Koreyaga ketishni kutib turgan minglab odamning ketish-ketmasligiga oid savolga javob bera olmasliklarini bildirdilar.

"Bu jarayonga bizning aloqamiz yo‘q - buni Toshkent hal qiladi"¸ dedi bir qator viloyat migratsiya boshqarmalari xodimlari 28 noyabr kuni.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Неделя мэра


Спорт в России и мире
Москва

«Этот спорт воспитывает силу и упорство»: Вице-спикер Народного Хурала Бурятии приняла участие в открытии чемпионата России по гиревому спорту


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Блинкова вылетела с турнира WTA в Хертогенбосхе


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Составлен ТОП-3 регионов-лидеров по числу пунктов приема вторсырья





Путин в России и мире
Москва

Путин обсудил с и. о. президента Ирана взаимодействие внутри БРИКС


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

МИД Белоруссии назвал слова Пашиняна о Лукашенко "недальновидной позицией"




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

США обязаны передать Киеву "эскадрильи истребителей", заявил Зеленский


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Филипп Киркоров

«Не кричи!»: Елена Север и Филипп Киркоров представили совместный клип и трек



Москва

Музыка на все времена

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net