Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
Озодлик Радиоси
Ноябрь
2018

“Obod qishloq” dasturiga ajratilgan pul gazsiz quvurlarni bo‘yashga sarflandi

0
“Obod qishloq” dasturiga ajratilgan pul gazsiz quvurlarni bo‘yashga sarflandi

Farg‘ona viloyat, Dang‘ara tumanidagi ikki qishloqqa “Obod qishloq” dasturi asosida 7 milliard 560 ming so‘m sarflandi.

Bu ma’lumot Farg‘ona viloyat hokimligining “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha Ishchi guruhi tayyorlagan ma’lumotnomada keltirilgan.

Hujjatda dasturga kiritilgan ishlarning birinchi bosqichi asosan muvaffaqiyatli bajarilgani, biroq kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgani qayd etilgan.

Ozodlik Dang‘ara, Uchko‘prik va Beshariq tumanlaridagi  "Obod qishloq" dasturiga kiritilgan qishloqlar vakillari bilan bog‘lanib, Ishchi guruh ma’lumotnomasiga kirmay qolgan kamchiliklarni aniqladi.

 

 

Dang‘ara. Gazi yo‘q quvurlar gaz idorasi puliga bo‘yaldi

“Obod qishloq" dasturi to‘g‘risidagi prezident farmonining (PF-5386) ijrosiga oid ma’lumotnomada “Dang‘ara tuman gaz idorasi xodimlari tomonidan Xo‘ja qishlog‘idagi bir yarim kilometr gaz trubalari bo‘yalgani” aytiladi.

Hujjatda aytilishicha, bo‘yash ishlari uchun mablag‘ “Obod qishloq” dasturiga ajratilgan puldan sarflangan.

Ozodlik 28 noyabr kuni suhbatlashgan “Vodiygazta’minot” unitar idorasi muhandisiga ko‘ra¸ Dang‘ara tuman Xo‘ja qishlog‘idan o‘tgan gaz quvuri “gaz idorasi ajratgan pulga sotib olingan bo‘yoq bilan¸ gaz idora xodimlari tarafidan bo‘yalgan”.

Ozodlik tasarruffidagi hujjatda esa, gaz quvuri “Obod qishloq dasturi”ga ajratilgan mablag‘dan bo‘yalgani aytiladi.

Ozodlik suhbatlashgan va ismi efirda aytilishini istamagan farg‘onalik fermer “Byudjet mablag‘lari xo‘jako‘rsinga” sarflanganini aytib berdi:

- Istiqlol MFY Xo‘ja qishlog‘ida gaz yo‘q. Ammo o‘sha gaz umuman bo‘lmaydigan va bo‘lishi kutilmayotgan 4 kilometr gaz quvurlariniing faqat bir qismini bo‘yab, bizga hammasi bo‘yaldi, deb qo‘l qo‘ydirib oldi. 

Fermerning iddao qilishicha, "tabiiy gaz quvurlarining faqat ko‘rinadigan qismi bo‘yalgan, gaz quvurini bo‘yashga ajratilgan mablag‘ esa, o‘zlashtirilgan”.

Ozodlik bu iddaoning rasmiy tasdig‘iga ega emas. Mahalliy fermerning aytishicha, “bo‘yalgan quvurdan gaz kelayotgani yo‘q”.

Dang‘ara. Ko‘cha ta’miriga ajratilgan pulga yonmaydigan ko‘cha fonarlari o‘rnatildi

Ozodlikda mavjud hujjatda Dang‘ara tuman Bog‘ish MFY dan o‘tuvchi ichki ko‘chalarga “31 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgani” aytiladi.

Ayni tuman mahalla faoliga ko‘ra¸ bu chiroqlar yonmayapti va umuman, elektr kunora o‘chib qolmoqda:

- Ko‘chalar ta’mirtalab¸ ayniqsa ichki ko‘chalar. Loyda umuman yurib bo‘lmaydi. Bu ko‘chalarni remont qilishga ajratilgan pulga yonmaydigan fonar chiroq o‘rnatib ketishdi. Uylarning ko‘cha tarafga qaragan shiferlarini qizilga¸ ko‘cha tarafdagi devorni sariqqa bo‘yab ketishdi.

Ozodlik O‘zbekiston prezidenti 2018 yil, 29 martda imzolagan “Obod qishloq” dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning Dang‘ara tumanida to‘g‘ri sarflanmaganiga oid iddaolarga munosabat so‘rab tuman hokimligiga murojaat qildi.

Tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Iqboljon Usmonov Dang‘ara tumanida “Obod qishloq” dasturining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanganini aytdi.

Mulozimga ko‘ra¸“mablag‘ to‘g‘ri sarflangan va tuman qishloqlarining qiyofasi zamonaviylashgan”.

Beshariq. Tomga surtilgan bo‘yoqni tom egalari sotib oldi

Ozodlik suhbatlashgan beshariqlik mahalla faoli uy tomiga yopilgan shiferning ko‘chaga qaragan yarmi qizil rangga bo‘yalganini aytdi:

- Shiferni kraskalashdi. Sovuqda ko‘chib ketadiku bu bir sezonda. Men yashaydigan Bo‘ston qishlog‘idagilarga majburan kraska sotishdi. Sariq rang fasad bo‘yaydigan. Kraska sotuvchining spiskasini ko‘rdim. 119 ta uy fasadi sariqqa bo‘yalishi kerak ekan.

Ozodlik tasarrufidagi hujjatda  Beshariq tuman, Bo‘ston qishlog‘ida "Xonadonlarning tashqi fasadini bo‘yash uchun aholiga imtiyozli narxda bo‘yoq yetkazib berilgani" aytilgan.

Uchko‘prik. Xarob qishloqlar qolib obod qishloqlar yasatildi

Uchko‘priklik mahalla faoli bo‘lgan ayolning 28 noyabr kuni Ozodlikka aytishicha¸ “eng bechora xarob qishloqlar qolib, yo‘lning ustidagi ko‘p mablag‘ ketmaydigan yaxshi qishloqlar dasturga tushirilgan”:

- Rosa katta summalarda ish bajardik deb smetalarga qo‘l qo‘ydirishyapti. Eng qizig‘i, o‘zi shundog‘am obod bo‘lgan qishloq yo‘l ustida bo‘lgani uchun yasatilmoqda.

Faol ayolning aytishicha, qishloqni obod qilish uning prezident o‘tishi mumkin bo‘lgan katta yo‘lga yaqin-uzoqligiga bog‘liq:

- Uchko‘prikdagi Toshkentliguzar qishlog‘ida  yaxshigina maktab va bog‘cha bor. Prezident keladi deb, bog‘chaning besedkalari, ayvonchalarini boshqa bog‘cha mudiralari pul yig‘ib qurib berdi. O‘z hisobidan. O‘zi bu qishloq yaxshi edi, avvaldan tabiiy gazi ham bo‘lgan. Qo‘qon shahriga yaqin. Ammo shuni Obod qishloq dasturiga kiritishdi.

Ozodlik tasarrufidagi hujjatda  Uchko‘prik tumani Toshkentliguzar va Katta Kenagas MFYlar “Obod qishloq” ​ dasturiga kiritilgani aytiladi. Hujjatga ko‘ra¸ Toshkentliguzar qishlog‘ida 165 xonadon ta’mirlanadi. "Ko‘cha chiroqlari o‘rnatilib hammom va sauna" tashkil qilinadi.

O‘zA agentligining xabar qilishicha, 2019 yilda  “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini bajarish uchun 6,3 trln. so‘m mablag‘ ajratish va buning hisobiga 478 ta aholi punktida turmush sharoitlari yaxshilash rejalangan.

"Obod qishloq" dasturiga xalqaro grantlar jalb etilgan. 

Jahon banki O‘zbekistonda umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lgan 8 ta qo‘shimcha loyihani amalga oshiradi. Bu haqda Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim 28 avgustda prezident Shavkat Mirziyoevga yo‘llagan maktubida ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston rahbari rasmiy saytida e’lon qilingan maktubda, jumladan: “Bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan «Obod qishloq» dasturini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi”, deyilgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: выборы в Мосгордуму будут серьезным экзаменом


Спорт в России и мире
Москва

В Москве тушат пожар в здании у метро «Динамо»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Самсонова вышла в четвертьфинал турнира WTA в Хертогенбосе


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Мордовия демонстрирует достижения в сфере туризма на российском форуме «Путешествуй!»





Путин в России и мире
Москва

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: признание Нато надо применить!


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Видео: Истерика в Ереване: Пашинян против Лукашенко




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

США обязаны передать Киеву "эскадрильи истребителей", заявил Зеленский


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Сергей Брановицкий

Рассылка для АКТЕРА – ЛУЧШИЙ способ найти СЪЕМКИ и РАБОТУ в Кино, на ТВ и Рекламе.



Москва

В Дубне прошел день наукоградов Подмосковья

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net