Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
Озодлик Радиоси
Ноябрь
2018

Jizzaxda o‘qituvchilar "So‘g‘diyona" klubi uchun pul o‘tkazishga majburlandi

0
Jizzaxda o‘qituvchilar

Jizzax viloyatidagi maktablarning ishchi-xodimlari oyligidan bir kunlik ish haqi (o‘rtacha 70-100 ming so‘m oralig‘ida) “So‘g‘diyona” futbol klubi hisobiga o‘tkazilmoqda.  Xalq ta’limi mutasaddilari ta’lim tizimi xodimlari oyligidan majburan pul undirish viloyat hokimining maxsus qarori bilan amalga oshirilayotganini bildirdi.

“Ishdan haydash tahdidi bilan oyligimdan ushlab qolishdi”

Ozodlikka bog‘langan jizzaxlik o‘qituvchilarning aytishicha, oktabr oyi oyligidan bir kunlik ish haqi viloyatdagi “So‘g‘diyona” futbol klubiga o‘tkazib berilgan. Ishdan haydalishidan cho‘chib ismi sir saqlanishini so‘ragan Jizzax tumanlaridagi maktablardan biri o‘qituvchisiga ko‘ra, pul o‘tkazishga rozi bo‘lmaganlarga bosim qilingan.

“Direktorimiz majlis qilib, “So‘g‘diyona” klubi uchun bir kunlik oylik o‘tkazilishini aytdi. Ko‘pchilik qarshi chiqdi. Birinchidan, bu oz pul emas (kami 70 ming so‘m). Ikkinchidan, nafaqat men, barcha ayol hamkasblarim futbolga qiziqmaymiz. Shuning uchun nimaga o‘tkazishimiz kerak. Lekin direktor bu hokimiyatning qarori ekani, uni bajarmagan odam ishdan ketishi haqida aytdi. Keyin hammamiz ishdan ajralishdan qo‘rqqanimiz uchun rozi bo‘ldik”, deydi jizzaxlik o‘qituvchilardan biri.

“So‘g‘diyona” uchun pul yig‘ish aksiyasi

Ozodlik Jizzax viloyati hokimining “So‘g‘diyona” futbol klubi uchun pul yig‘ish aksiyasi borasidagi farmoyishi nusxasini qo‘lga kiritdi. Viloyat

hokimi Ergash Soliev imzolagan ushbu hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, “So‘g‘diyona” klubi moddiy yordam so‘rab hokimlikka murojaat qilgan va viloyatdagi boshqarmalar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari klubni moddiy qo‘llash tashabbusi bilan chiqqan. Hokimlik ushbu tashabbusni qo‘llab pul yig‘ish aksiyasiga start bergan.

Hujjatga ko‘ra, klub uchun pul yig‘ish aksiyasi doirasida 3-4 noyabr kunlari xayriya hashari o‘tkazilgan. Hokim farmoyishida¸ "hashar munosabati bilan boshqarma, idora va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag‘"ni “So‘g‘diyona” klubi hisob raqamiga o‘tkazib berish buyurilgan.

“Ixtiyoriylik arizasi yozishga majburlashdi”

Hokim farmoyishida klub uchun pul o‘tkazish ixtiyoriy ravishda bo‘lishi qayd qilib qo‘yilgan. Biroq Ozodlikka bog‘langan o‘qituvchilarga ko‘ra, klub uchun pul yig‘ish asosan majburiy ko‘rinishda bo‘lgan.

“Oktabr oyi oyligimizni bermasdan ushlab turishdi. Oylikni olish uchun “So‘g‘diyona” hisobiga pul o‘tkazish haqida ariza berishimiz kerakligini aytishdi. Hamma qarshilik bildirdi. Direktor “Kim ariza yozsa, oyligini oladi” dedi. Keyin “Klub uchun oyligimizdan pul ushlanishiga rozimiz” deb yozib berdik. Mening oyligimdan 70 ming so‘m ushlandi”, deydi Jizzax viloyatining yana bir tumanidagi o‘qituvchi.

Hokim farmoyishida "So‘g‘diyona" uchun pul yig‘ish aksiyasida viloyatdagi “boshqarmalar, idoralar va boshqa tashkilotlar” birday ishtirok etishi yozilgan.

Ayni paytda Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, ushbu aksiyada¸ asosan¸ maktab o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Jumladan, 6 oktabr kuni Ozodlik muxbirining Jizzaxdagi turli idoralarga qilgan telefon qo‘ng‘iroqlari natijasida viloyatdagi moliya, soliq, adliya boshqarmasi, majburiy ijro byurosi, Davlat xizmatlari agentligi va bank xodimlarining oyligidan “So‘g‘diyona” klubi uchun pul ushlanmagani ma’lum bo‘ldi. Ushbu tashkilotlar xodimlari oktabr oyi oyligini to‘liq olganliklarini aytishdi.

Ozodlik “So‘g‘diyona” klubining moliyaviy ahvoli qay daraja ekanligini bilish borasida klub ijrochi direktori Javlon Salohiddinov bilan bog‘landi.

Salohiddinov klubning moliyaviy ahvoli yaxshi emasligini tan oldi, biroq buning sabablarini izohlashni istamadi.

- Men buni izohlamayman. Izohlashga majbur emasman. Men bu temada faqat yuqori turuvchi organlarga javob beraman, dedi Javlon Salohiddinov.

“So‘g‘diyona” klubi 1970 yil “Jizzax” nomi ostida tashkil qilingan. Keyinchalik klub nomi 6 marta o‘zgargan va 1990 yildan beri “So‘g‘diyona” nomi ostida faoliyat yuritib kelmoqda.  

Shampionat.asia nashriga ko‘ra, "So‘g‘diyona" klubining asosiy homiysi "O‘zbekenergo" hisoblanadi.

O‘zbekistonda o‘qituvchilardan futbol klublari uchun pul yig‘ish amaliyoti avval ham kuzatilgan. Jumladan, Namangandangi "Navbahor" futbol klubi uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilgani borasida bir necha bor yozgandi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Более пяти тысяч семей в СВАО получили новые квартиры по реновации


Спорт в России и мире
Москва

Резидент «Инсайт Люди» Дмитрий Зубов 12 июня установил мировой рекорд по чеканке мяча в «Лахта Центре»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Блинкова вылетела с турнира WTA в Хертогенбосхе


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Мордовия демонстрирует достижения в сфере туризма на российском форуме «Путешествуй!»





Путин в России и мире
Москва

Путин приехал на Смоленскую площадь для встречи с руководством МИД РФ


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

За что Лукашенко должен извиняться перед Арменией?




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский: США передадут Киеву новые ЗРК Patriot и «эскадрильи истребителей»


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Желдорреммаш

Уссурийский ЛРЗ подтвердил соответствие международным стандартам, применяемым на производстве железнодорожной промышленности



Москва

Зеленоградский маньяк Юрий Гриценко выходит на свободу

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net