Toshkent shahrida 3 oyda mingdan ortiq ayol fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlandi
Toshkent shahri IIBBning ma’lum qilishicha, yanvar-mart oylarida 1068 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olindi. 209 kishiga nisbatan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.