Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Июль
2021

Rossiyalik xakerlar amalga oshirgani aytilayotgan so‘nggi hujum ko‘lami noma’lum bo‘lib qolmoqda

0
Rossiyalik xakerlar amalga oshirgani aytilayotgan so‘nggi hujum ko‘lami noma’lum bo‘lib qolmoqda

AQShlik kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar "rus tilida so‘zlashuvchi to‘da" deb atagan jinoyatchilar amalga oshirgan yirik «tovlamachi dastur» hujumi ko‘lami to‘liq aniqlangani yo‘q. O‘z tizimlari hujumga uchraganini oshkor qilayotgan shirkatlar soni oshib bormoqda.

4 - iyul kuni AQSh matbuoti kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar so‘zlariga tayanib bergan xabarlarga ko‘ra, 2 - iyul kuni kechqurun boshlangan hujum kamida 17 mamlakatda minglab tashkilotni nishonga olgan. Mutaxassislarning aytishicha, kiberjinoyatchilar hujum qurbonlaridan 45 000 dollardan 5 million dollargacha tovon to‘lashni talab qilishgan.

Dasturiy ta’minoti hujumga uchragan Kaseya AQSh shirkatining bosh direktori Fred Vokkola ham hujumga uchraganlar soni bir necha ming ekanini taxmin qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning aksariyati stomatologiya klinikasi, arxitektura shirkati, jarrohlik markazi va kutubxona kabi kichik bizneslardir. Shuningdek, hujumga uchraganlar orasida maktablar, davlat idoralari, sayyohlik agentliklari va buxgalteriya agentliklari ham bor.

Vokkola Associated Press agentligiga bergan intervyusida shirkat hujum uchun asos bo‘lgan zaiflik manbasini aniqlangani va zarar ko‘rgan mijozlarga iloji boricha tezroq tuzatish yuborishini aytdi.

Vokkola hujum tafsilotlarini ochiqlashdan bosh tortdi va hujum murakkabligi jihatdan misli ko‘rilmagan ekanini aytish bilan cheklandi.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, hujum ortida rus tilida so‘zlashadigan va «tovlamachi dastur» yordamida hujumlarni amalga oshirib kelayotgan REvil to‘dasi turibdi. Hujum AQShda Mustaqillik kuni bayrami munosabati bilan dam olish kunlari boshlangan bir kezda amalga oshirilgani bejiz emas. Hujumga uchraganlarning ko‘pi 5 yoki 6 - iyul kuni qayta ishga chiqqunicha hujumga uchrashganidan xabar topmaydi.

Federal qidiruv byurosi va AQSh Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi hujum bo‘yicha tergov olib bormoqda.

Prezident Jo Bayden AQSh razvedka agentliklariga tekshiruv o‘tkazishni buyurdi. Oq uyning kiber va rivojlanayotgan texnologiyalar bo‘yicha milliy xavfsizlik maslahatchisi o‘rinbosari Anne Neuberger 4 - iyul kuni Federal qidiruv byurosi va Ichki xavfsizlik departamenti «aniqlangan qurbonlar bilan aloqaga chiqib, milliy xavfni baholagan holda yordam ko‘rsatishishini» ma’lum qildi.

Hujumga uchragan shirkatlarning biri Shvetsiyadagi Coop oziq-ovqat tarmog‘idir. Shirkat 3 va 4 - iyul kunlari 800 do‘konining aksariyatini yopishga majbur bo‘ldi, chunki hujum ortidan do‘konlardagi kassa dasturi ishlamay qoldi. Shuningdek, Shvetsiyadagi dorixonalar tarmog‘i, yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i, davlat temir yo‘li va SVT jamoat telekanali ham hujumga uchragan.

Germaniyaning kiberxavfsizlikni nazorat qiluvchi federal tashkiloti bir necha ming mijoz bilan ishlaydigan IT shirkati hujumga uchraganini bildirdi, ammo shirkat nomini ochiqlamadi. Ikki yirik golland IT-shirkati ham hujumga uchragan.

«Tovlamachi dastur» hujumini amalga oshirgan xakerlar ma’lumotlarni shifrlash, tarmoqlarni falajlash orqali kompyuter tizimlarini qulflab qo‘yishadi va ularni qayta ochish uchun katta to‘lov talab qilishadi.

May oyida AQShda neft mahsulotlarini tashuvchi hamda go‘sht mahsulotlarini qayta ishlovchi shirkat «tovlamachi dastur» hujumiga uchragan edi. AQSh huquqni muhofaza qilish organlari quvur liniyasi ishi bo‘yicha to‘langan to‘lovning yirik qismini qaytarib olishganini bildirgan.

Hujumlardan bir oy o‘tib, Bayden Jenevada bo‘lib o‘tgan sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiyada jazosiz ishlayotgani aytilayotgan kiberjinoyatchilar to‘dalariga qarshi chora ko‘rishga chorladi. Bayden Putinni agar tergov hujum ortida Rossiya hukumati turganini aniqlasa, AQSh bunga javob berishi haqida ogohlantirdi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин принял решение о расширении мер поддержки промпредприятий


Спорт в России и мире
Москва

Сергей Собянин подвел итоги Московской олимпиады школьников


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Арина Соболенко

Арина Соболенко сняла траур по Кольцову и завела новые романтические отношения


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Четыре города ЦФО вошли в федеральный топ-10 по качеству жизни





Путин в России и мире
Москва

Король Бахрейна прибудет 22 мая с визитом в Москву


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Запись от имени Президента Беларуси сделана в книге соболезнований в посольстве Ирана




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Зеленский заявил, что обеспокоен заявлениями республиканцев в США


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Сергей Лазарев

Сергей Лазарев представил эротический перфоманс на нижегородском концерте



Москва

Якутия представила цветочную инсталляцию «Мост в будущее» на выставке «Россия» в Москве

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net