Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Май
2021

Qibrayda hosilga kirgan qulupnay haydab tashlandi. Dehqonlar norozi (VIDEO)

0

Toshkent viloyatining Qibray tumani Kengel qishlog‘ida Namangan, Farg‘ona viloyatlaridan kelib, 9 gektar maydonda parvarishlayotgan qulupnay dalalari tuman hokimining buyrug‘i bilan buzib tashlandi.

Dalaning qolgan qismidagi kartoshka va loviya ekinlari ham buzilishga tushgan.

Buning oqibatida bola-chaqasi bilan Toshkent viloyatiga mavsumiy dehqonchilikka kelgan o‘nlab oila oxirgi nonidan mahrum bo‘lmoqda.

Qibray tumani hokimi yordamchisi dehqonlar bu yerda noqonuniy ekin yetishtirayotganini aytdi.

Farg‘ona viloyatining Beshariq, Namangan viloyatining Chust tumanidan mavsumiy dehqonchilik qilish uchun kelgan fuqarolar Ozodlik bilan suhbatda tuman hokimligi rasmiylari Ichki ishlar xodimlarini boshlab kelib, kuch ishlatib zo‘ravonlik bilan ekinlarni buldozer bilan surib tashlashayotganliklarini aytishadi.

"O‘n kuncha muhlat bersa hosilni terib olgan bo‘lar edik. Misqollab yetishtirgan hosilni ustiga buldozer tortib buzib tashlashyapti. Bunga qancha mehnat sarf bo‘lgan, qancha xarajat bo‘lgan. Lekin hokimiyat shafqat qilmadi. O‘nta oila tirikchilik uchun kelib, shu yerda qulupnay yetishtirayotgandik. Fevral oyidan buyon tinim bilmay ishlaymiz. Mevaga kirgan paytda bular yakson qilib tashlashyapti. Qo‘shni dalalarni ham buzishdi, lekin ularga zararini qoplash uchun 25 million so‘mdan berdi, bizga bermadi. Pulini ham keragi yo‘q, hech bo‘lmasa ozgina muhlat bersa hosilni terib olishga, shunga ham ko‘nmadi. Bu yerda bola-chaqa, tirikchilik axir", - deydi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan namanganlik dehqon.

Bu dehqonning aytishicha, u yerni fermer bilan og‘zaki shartnoma qilib ishlagan:

"Masalan, men xotinim va bolalarim bilan uch oydan buyon shu yerda ishlayapmiz. 20 million so‘m xarajat qilganman.  Qulupnay pishdi. Shu paytgacha 5-6 million so‘mlik qulupnay sota oldik, xolos. Bir hafta oldin buzamiz deb, suv ham bermay qo‘yishdi. Agar suvni ochib,  bor-yo‘g‘i 10-15 kun vaqt berishsa, biz qolgan hosilimizni sotib olishga muvaffaq bo‘lardik. Eshitishimizcha, prezident kuyovlaridan biri bu yerda bog‘ qurarmish. Bog‘ axir yetimlarning ko‘z yoshi evaziga qurilmasligi kerakku. Prezident kuyovidan iltimos qilamiz, bollaringiz haqqi, bizning bolalarimiz haqqi ikki hafta muhlat bering. Hech bo‘lmasa xarajatimizni qoplab olaylik. Pishib turgan ekinni buzish uvolku axir!"

Farg‘onalik fermerlardan biri, boshqa yerlar ham buzib tashlanganini aytdi:

- To‘rt gektar yerga ekilgan fasolni tekislab tashlashdi, dehqonlar qattiq qarshilik qildi. Buldozerni tagiga yotib olganlar bo‘ldi. Keyin melisalarni boshlab keldi, dehqonlarni bo‘limga olib ketdi. do‘q-po‘pisa qilishdi,- deydi fermer.

Uning aytishicha, endi hosilga kirgan bog‘lar ham buzib tashlanyapti.

Qibray tumani hokimligi rasmiylari dehqonlar ruxsatsiz ekinlar yetishtirayotgani, ekinzor o‘rnida sayyohlar uchun Eko Park barpo etilishini aytishmoqda.

O‘zini Qibray tumani hokimining yordamchisi deb tanishtirgan mulozim Ozodlik bilan suhbatda, fermerlarning ekin maydonlari buzib tashlanayotganini tasdiqladi.

"Noqonuniy ekilgan yerlar. Ruxsat berilmagan. U yerda sayyohlar uchun komplekslar quriladi. Eko Park bo‘ladi. Qurilish uchun har bir kun g‘animat", - dedi hokimlik mulozimi.

O‘zbekistonda mahalliy hokimlarning yerdan noqonuniy foydalanayotgani iddaosida dehqonlarning ko‘karib turgan poliz ekinlarini haydattirib tashlashi tez-tez kuzatiladi.

O‘tgan yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani prokurori va hokimi o‘tgan yilning avgust oyida sabzavotchilik hamda chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining pishay, deb qolgan makkajo‘xori, pomidor, bedasini traktor solib, payhon qildirgan edi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Детский фестиваль искусств «Небо» станет праздником для всей семьи


Спорт в России и мире
Москва

Пассажир остановившегося в тоннеле метро поезда рассказал о происходившем в вагоне


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Ролан Гаррос

Арина Соболенко повторила уникальное достижение Азаренко на турнирах «Большого шлема»


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Синоптик рассказал, когда из Москвы уйдёт аномальная жара





Путин в России и мире
Москва

Руководство Краснодара посетило китайский Харбин. Рассказываем подробности


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Путин и Лукашенко обсудили парад в Минске




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

НАТО оказалась не готова к войне с Россией. Тайное соглашение США и Киева: Враг нацелился на Белгород - источники


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Оззи Осборн

Гизер Батлер рассказал, что Оззи Осборн согласился выступить с Black Sabbath



Москва

В столице открылось 600 площадок фестиваля «Лето в Москве. Все на улицу!»

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net