Shahrisabzda maktab direktori va o‘quvchisi TikTokdagi video ustidan sudlashmoqda
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 38-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Elyor Abduraupov maktab direktori va uning o‘rinbosari tomonidan kaltaklanganini iddao qildi. Elyorga ko‘ra, uning maktab direktori haqida tayyorlagan hazil videosi TikTok tarmog‘iga chiqib ketgani mojaroga sabab bo‘lgan. Abduraupov qilgan ishi uchun kechirim so‘raganiga qaramay uni kaltaklashgani, oqibatda bir hafta davomida shifoxonada davolanib chiqqanini aytdi. 38-maktab direktori Akmal Rahmonov o‘z o‘quvchisini urganini inkor qildi. Читать дальше...