Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Май
2021

Qozog‘iston: Politsiya Shinjondagi qarindoshlariga ozodlik talab qilgan namoyishchilarni hibsga oldi

0
Qozog‘iston: Politsiya Shinjondagi qarindoshlariga ozodlik talab qilgan namoyishchilarni hibsga oldi

11 - may kuni kechqurun qozoq politsiyasi Shinjonda tutqunlikda saqlanayotgan qarindoshlariga ozodlik talab qilib Xitoyning Olmaotadagi konsulligi yonida 93 kundan beri uzluksiz piket o‘tkazayotgan odamlarni qo‘lga oldi. Bu haqda Ozodlikning qozoq xizmatiga ushbu aksiya ishtirokchilaridan biri bo‘lmish Boybolat Kunbolatuli ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, bir necha kishini politsiya bo‘limiga keltirganlar.

“Xitoydagi jigarlarini izlayotgan onalar odatdagidek Xitoy konsulligi oldida piket qilishayotgandi. Biz u yerdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir qildik, so‘ng Xitoy bankiga jo‘nadik. Biz ketganimizdan keyin uch kishini – Akikat Kaliollauli, Nurzat Ermekbaykizi va Gulpiya Kazibekkizini ushlab ketishgan. Bank oldidagi aksiyadan so‘ng Jenis Zarkanuli uyiga ketgandi. O‘sha yerda qo‘lga olishgan uni. Bankdan keyin biz uchinchi joyga – Xitoyning “Sinooil” shirkatiga tegishli AYoQShga qarab jo‘nadik. U yerdan ham efirga chiqdim. Mashina tomonga yurayotgandik, politsiyachilar bizni qurshab olib, qo‘lga tushirishdi. Efir qilmoqchi edim, telefonimni tortib olishdi. Menga qo‘shilib Almaxan Mirzankizi, Tursingul Nurakay, Xalida Akitkankizi va Bikamal Kakenkizilarni ham ushlashdi. Meni Medeu tumanidagi bo‘limga eltdilar, qolganlarni qayoqqa olib ketishganidan xabarim yo‘q”, dedi Kunbolatuli, politsiya mahkamasini tark etarkan.

Uning aytishicha, politsiyachilarni Xitoy konsulligi yonidagi piket qiziqtirgan.

“Menga video ko‘rsatishdi. “5 - aprel kuni Xitoy konsulligi oldida miting qilgansanlar”, deb aytishdi. Bu avvalroq olingan video edi, uni o‘zim sahifamga joylaganman. Politsiyachi bilan bahslashdik. Keyin menga yana bitta videoni ko‘rsatishdi – bunisi 7 - may kuni olingandi. “Konsullik binosi ro‘parasida norozilik aksiyasi ishtirokchilari bilan gaplashgansan”, deb aytishdi. Sababini tushuntirmay bir necha soat saqlashdi. Bayonnomaga imzo chekmadim, tushuntirish xati ham yozganim yo‘q. Keyin, kechki to‘qqizdan so‘ng, ertaga kelarsan, deb qo‘yib yuborishdi”, deydi Kunbolatuli.

U politsiyaning bu xatti-harakatlarini “qo‘rqitishga urinish” deb hisoblashini aytadi. Ozodlik qozoq xizmatiga ko‘ra, o‘sha oqshom ozod qilinganlardan yana biri Tursingul Nurakay. Qolganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q, ularning telefonlari o‘chirilgan.

Piketchilar ushlangani haqida “Ar.Rux.Xaq” huquqbonlik tashkiloti rahbari Bakitjon Toregojina hamda huquqbon Erlan Kaliyevlar ham ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, aksiya qatnashchilari Medeu va Almali tumanlarining politsiya bo‘limlariga olib ketilgan.

Ozodlik qozoq xizmati muxbiri izoh so‘rash uchun Olmaota politsiya boshqarmasi bilan bog‘lana olmagan.

Bir guruh fuqarolar 93 kundan beri Xitoyning Olmaotadagi konsulligi yonida norozilik aksiyasini o‘tkazmoqda. Ular Shinjonda yaqinlari zo‘rlik bilan saqlab turilganini yoki noqonuniy qamoqqa tashlanganini iddao qilishadi. Piketchilarga dipmissiya qo‘riqchilari va politsiya muntazam to‘sqinlik qiladi.

Shinjon qamoqxonasidagi ukasining ozod etilishini talab qilayotgan Boybolat Kunbolatuli allaqachon “tinch yig‘ilishlar o‘tkazish tartib-qoidalarini buzgan” degan ayb bilan 10 kun hibsxonada o‘tirib chiqqan.

Ko‘plab dalil va guvohliklarga ko‘ra, Xitoy so‘nggi bir necha yildan buyon Shinjonda aksariyati islom diniga e’tiqod qiluvchi tub millat va elatlar, jumladan, qozoqlarga nisbatan qatag‘on siyosatini yuritmoqda. Bu yerda gap millionlab odamlar haqida bormoqda. Xitoy xalqaro darajada “genotsid” so‘zi bilan ta’riflanayotgan ushbu harakatlar o‘zining “ichki ishlari” va “terrorizm hamda ekstremizmga qarshi kurash choralari” ekanligini iddao qiladi.

Qozog‘iston hukumati Xitoyga iqtisodiy tobeligi vajidan uning siyosatini ochiqcha tanqid qilishdan tiyiladi va yaqinlari Shinjonda zug‘um va ta’qib qilinayotgan kishilarning shikoyatlari “diplomatik kanallar orqali” ko‘rib chiqilishini ta’kidlab keladi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин заявил о росте инвестиций в Москву из-за импортозамещения


Спорт в России и мире
Москва

Сергей и Ангелина Минаевы из Брянска завоевали серебро Кубка «НИКА 2024»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Варвара Грачёва

Осталась в одиночестве: Андреева победила Грачёву и вышла в четвертьфинал «Ролан Гаррос», Медведева остановил де Минор


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Жара вновь бьёт рекорды. Повторится ли аномальное лето 1972 и 2010 годов?





Путин в России и мире
Москва

Крестьянин или князь: откуда идет род семьи Путина


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Ани Лорак

«Я не понимала, что нравилась многим мальчикам». Ани Лорак вспомнила свой школьный выпускной в шоу «УТРО. ТНТ»



Москва

Президент Республики Сербской Додик: у Запада был план разделить РФ на 5 частей

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net