Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Февраль
2020

Mirziyoyeva-Allamjonov fondi: Kimga shirinkulcha¸ kimlarga qamchi?

0

Yanvar oyida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoatchilik fondi nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) sifatida tashkil etilgani xabar qilindi. Fond ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jurnalist va blogerlar huquqi ta’minlanishiga ko‘maklashish va mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutlari rolini kuchaytirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi.

Qizig‘i shundaki, NNTni ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan vatandoshlar va tashabbus guruhlari doimiy rad etishlar, sansalorlik, har xil to‘siqlar va hokazo qog‘ozbozlikka duch kelib turgan bir paytda Adliya vazirligi  ushbu fondni “oyog‘ini yerga tekkizmay” ro‘yxatdan o‘tkazdi-qo‘ydi. Fondning chet el va mahalliy grantlar va mablag‘lar bilan moliyalashtirilishi aytilayotgan esa-da, aynan qanday homiylar jalb etilishi noaniq va noshaffofligicha qolmoqda. 

Jamoat fondi qoshida tarkibiga turli ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar kiruvchi jamoatchilik kengashi ham tashkil etildi. Uni jamoat kengashi deb atash mushkul, chunki a’zolarni tanlab olish prinsip va mexanizmlari tushunarsiz. 

Shu munosabat bilan davlatning so‘z erkinligi, matbuot erkinligi, bloging sohasi va jurnalistikani qo‘llab-quvvatlash uchun ierarxiyaga asoslangan kengashlar, qo‘mitalar, uyushmalar yoki ittifoqlar tuzishni zarur qilib ko‘rsatayotgani shubha uyg‘otadi.  Nega so‘nggi ikki yilda OAV xodimlariga jiddiy e’tibor qaratilib, sovg‘a-salomlar ulashilib, medallar bilan taqdirlanmoqda va formal kengashlar tuzilmoqda?

Blogerlar va jurnalistlar erkin bo‘lishi, maqolalar yozishi, u yoki bu dolzarb mavzuda blog yuritishi uchun, ayniqsa, tepaning tashabbusi bilan tuzilayotgan kengashlarga a’zo bo‘lishining keragi yo‘q. Yangi klubga a’zo bo‘lganlarning niyatlari shubha uyg‘otadi. Ular chindan ham erkin jurnalistikani rivojlantirish tarafdorimi yoki maqsad a’zolik kartasi bilan o‘zini ko‘z-ko‘z qilishmi? Mustaqillik yillaridagi qattiq senzura, qatag‘on va qat’iy nazorat ostida o‘tkir ijtimoiy muammolarni yoritgan mustaqil huquq himoyachilari, jurnalistlar va faollarga na rasmiy unvonlarning, na klublarga a’zolikning va na o‘z-o‘zini ko‘z-ko‘z qilishning keragi bor edi.

Shu o‘rinda yana bir savol tug‘iladi: boshqa ijtimoiy faol vatandoshlarga ham muqobil fondlarini va korrupsiyaga qarshi kurash, jurnalistikani rivojlantirish, talabgorlik, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha mustaqil NNTni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati beriladimi? Mustaqil ijtimoiy tashkilotlarga nisbatan plyuralizm rivojlanadimi? Sog‘lom demokratik mamlakatlarda siyosiy raqobatsiz va axborot vositalari ustidan jamoatchilik nazoratisiz OAVning haqqoniyligini ta’minlab bo‘lmaydi.

Aslida bloger va jurnalistlarni “iydirish” siyosati bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Masalan, Rossiya bilan Qozog‘istonda hokimiyat “shirin kulcha usuli”dan, ya’ni rag‘batlantirish hamda moliyaviy vositalar, unvonlar, e’tirof, xizmat pillapoyasidan ko‘tarish, lavozim berish va himoya qilish yo‘li bilan sotib olishdan faol foydalanmoqda. Natijada murosa darajasiga qarab, ular “tizimdagilar” va “tizimdan tashqaridagilar”ga ajratila boshladi. Ayrimlari tadrijan o‘sib, federal kanallarda faqat hokimiyat manfaatlari haqida jar soladigan targ‘ibotning axborot “maxsus kuchi”ga aylanib ketdi. Bu mohiyatan nafaqat OAV, qolaversa, shou-biznes va madaniyatning aktyorlar, sozandalar, artistlar va hk. singari turli kattalikdagi vakillariga ham tegishli.

Ayrim avtoritar mamlakatlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni ortib borishi bilan hokimiyat idoralari internetni ham qo‘lga o‘rgatish va nazoratda ushlab turish zarurligini anglab yetdi. O‘zbekiston sharoitida esa hokimiyat manfaatlarini himoya qiladigan institut ko‘rinishida “patronaj”ning muayyan modelini yaratish ehtimoli mavjud. Uning maqsadi axborotni to‘liq bloklamaslik, ammo o‘tkir qirralarni silliqlash yoki ayniqsa, oliy hokimiyat idoralari tegishli nozik mavzular haqida xabarlar asosiy auditoriyaga uzatilishiga xalaqit berish bo‘ladi. Faollarni jilovlash, shuningdek, siyosiy muxolifat vujud kelishiga yo‘l bermaslikning eng yaxshi yo‘li “inflyuenserlar” va “opinion-liderlar”ni qanot ostiga olishdir. Shu tariqa o‘tgan yil davomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qoshida OAVga bag‘ishlangan dabdabali tantanalar, kongresslar, tadbirlar va har xil majlislar o‘tkazildi.

Yana shuni ham ta’kidlash zarurki, davlat ayrim blogerlar va jurnalistlarni alohida medallar bilan mukofotladi. Bu gap quloqqa g‘alati va bema’ni eshitiladi. Buning ortida hokimiyatning himmatiga yarasha sadoqatni kuchaytirishga, ijtimoiy axborot makonining siyosiy mazmundagi kontentini (maqolalar, postlar va hk.) bilintirmay boshqarishga yo‘naltirilgan yashirin maqsadlar turganini anglab olish qiyin emas. OAV va blogerlar davlat siyosatini ma’qullab baholashiga erishish uchun sovg‘a bonuslari tarzidagi ta’sir vositasidan foydalanish har narsadan ortiq samara beradi. Uzoq istiqbolda ayrim bloger va jurnalistlar mahalliy targ‘ibotchilarga do‘nib, rejimning haqiqiy tayanchi va ustuniga aylanishi mumkin. Pirovardida axborot tarqatishdagi hokimiyatga sodiqlik va biryoqlamalik ularning murosasi darajasiga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Ruslan Toshkentboyev

(Xalqaro siyosatshunoslik bo‘yicha xorijda tahsil olgan o‘zbekistonlik yosh tahlilchi)

***

OzodTahlilchi - Ozodlikning yangi rukni. Unda turli soha mutaxassislari, ekspertlar, publitsist, jurnalist va blogerlarning Ozodlik o‘quvchilari uchun yozgan tahliliy maqolalari e’lon qilib boriladi.

OzodTahlilchida, shuningdek, Ozodlik formatida bo‘lmagan luqmalar, sharhlar, chizgilarga, bir so‘z bilan aytganda, mualliflarning kundalik voqea-hodisalarga munosabatlari aks etgan matnlarga o‘rin beriladi.

OzodTahlilchida e’lon qilinadigan material muallifi qarashlari Ozodlik qarashlari ifodasi sifatida qabul qilinmasligi kerak.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин поздравил медицинских работников с профессиональным праздником


Спорт в России и мире
Москва

Спортсмен Росгвардии занял второе место в личном многоборье на Играх БРИКС


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Большой шлем

Рублёв и еще два российских теннисиста не сыграют на Олимпиаде в Париже


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Российские компании придерживаются собственного подхода в ESG





Путин в России и мире
Москва

Эрдоган рассказал о переговорах Фидана и Путина на тему выборов в курдских районах в Сирии


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко обратился к Рамафосе




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Трамп назвал Зеленского «величайшим торговцем» и пообещал разобраться с траншами Киеву


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Моргенштерн

Барецкий пригласил Моргенштерна выступить в России



Москва

Фанаты сборной Англии напали на сербов перед началом матча Евро-2024

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net