Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Февраль
2020

Saida Mirziyoyeva Dubaydagi forumda Ivanka Tramp bilan tanishdi (VIDEO)

0
Saida Mirziyoyeva Dubaydagi forumda Ivanka Tramp bilan tanishdi (VIDEO)

Birlashgan arab amirliklari (BAA) Dubay shahrida 16 fevral kuni Butunjahon ayollar forumi boshlandi.

2 kunlik forumning birinchida kunida prezident Shavkat Mirziyoyevning qizi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi sifatida so‘zga chiqdi.

Telegram tarmog‘idagi sahifasida Mirziyoyeva forum oldidan uni AQSh prezidenti qizi Ivanka Tramp bilan tanishtirishganini yozdi.

Kun.uz nashri Dubaydagi Butunjahon ayollar forumida Saida Mirziyoyeva qilgan nutq matnini chop etdi.

Mirziyoyeva forumdagi chiqishida, asosan, BAAni innovator ayollarga oid loyihalar uchun eng munosib davlat sifatida maqtadi va tajriba almashish uchun muhim mamlakat ekanini urg‘uladi.

So‘ngra o‘tmishda "o‘zbek ayollari barcha sohalarda a’lo darajada ilgarilab borishgani, ammo soyada qolib kelish"ganini ta’kidladi.

"O‘zbekistonning uzoq tarixi – ayollarimizning ham o‘tmishidir. Shoirlar, davlat rasmiylari, diplomatlar, muhandislar, hamshiralar, rafiqa va onalar. Bu nozik sharqona san’at bo‘ladimi, yoki qat’iy va aniq fanlarmi – o‘zbek ayollari barcha sohalarda a’lo darajada ilgarilab borishdi, ammo soyada qolib kelishdi. Ularga boshlarini baland ko‘tarib, o‘z qobiliyatlari va mahoratlarini qo‘rqmay, cheklovlarsiz ko‘rsata olish imkonini beradigan vaqt keldi", deyiladi Kun.uz nashri Mirziyoyevadan keltirgan iqtibosda.

U o‘z nutqida O‘zbekistonda gender tenglik muammolariga ham to‘xtaldi:

"Bu jarayonlarning barchasida ayollar eng oldingi qatorlarda turishibdi – qishloq joylarda resurslar yetishmovchiligidan aziyat chekishyapti. Shaharlarda esa oiladagi ayollik majburiyatlarini kasbi bilan qo‘shib bajarishda qiyinchilikka uchrashyapti", degan Mirziyoyeva.

Shuningdek, u Telegram tarmog‘idagi sahifasida forumning ilk kunida AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp bilan tanishganini yozdi:

"Dubayda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro ayollar Forumi ochilishi oldidan Jahon banki prezidenti Devid Malpass bilan suhbatlashib qoldik. U meni Ivanka Tramp bilan tanishtirdi". "Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum Hazrati Oliylari va Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum Zoti Oliyalariga taklif uchun minnatdorlik bildiraman".

O‘zbek jamoatchiligiga prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarining muovini sifatida tanilgan Saida Mirziyoyeva 2020 yilning 29 yanvar kuni bu lavozimdan ketganini e’lon qilgandi.

Global ayollar forumi rasmiy saytida Saida Mirziyoyeva “Gender tengligi bo‘yicha komissiya a’zosi” sifatida taqdim etildi.

2019 yil 2 sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Bu qonunning 10-moddasiga ko‘ra, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, shuningdek davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi”.

Prezident to‘ng‘ich qizining gender tenglik bo‘yicha davlat siyosatini ijro qiluvchi bu komissiyaga a’zo etib tayinlangani haqida hozirgacha jamoatchilikka ma’lum qilinmagan.

O‘zbekiston joriy 1-oilasi Dubay amiri bilan oilaviy bordi-keldini yo‘lga qo‘ygan.

Xususan, 2019 yil yozida Mirziyoyevlar oilasining erkaklari Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid al Maxtum o‘g‘illarining to‘yida qatnashgan bo‘lsa, noyabr oyida Dubay valiahd shahzodasi Hamdam bin Muhammad al-Maktum O‘zbekistonda prezident kuyovlarining xos mehmoni bo‘lgandi.

Yaqinlargacha prezident administratsiyasida huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarining muovini bo‘lgan Saida Mirziyoyeva AOKA rasmiysi sifatida o‘tgan yil Dubay amirligi Media ofisi vakillarini Toshkentda mehmon qilgan, oktabr oyida esa, o‘zi ham BAAga safar qilgandi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин обнародовал программу развития столичного туризма


Спорт в России и мире
Москва

Легионер "Локомотива" Ньямси: в Москве жизнь дешевле, чем в Париже


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Елена Рыбакина

Рыбакина узнала неприятную новость перед "казахстанским дерби"


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

"Экобас" не для Невы: стильные электросуда для Москвы делают в Ленобласти





Путин в России и мире
Москва

Пашинян подготовил "подарок" Путину к его инаугурации. Запад будет доволен


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Мэр Киева Кличко рассказал о попытках встретиться с Зеленским лично


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Певец

Певец Прохор Шаляпин вызвал слухи о помолвке, выложив фото с кольцом



Москва

«Страшно»: Московский зоопарк показал первый выход Катюши в уличный вольер

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net