Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2020

OzodTa’sir: Samarqandda buzilgan gemiodializ apparatlari bir kunda tuzatildi

0
OzodTa’sir: Samarqandda buzilgan gemiodializ apparatlari bir kunda tuzatildi

29 yanvarda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda buzilib qolgan gemodializ apparatlari tezlikda tuzatib berilganini xabar qildi.

Ozodlik 27 yanvarda Samarqand Shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasidagi davlatga qarashli yagona gemodializ bo‘limidagi nosozliklar tufayli buyrak yetishmovchiligi kasaliga chalingan 160 dan ortiq bemor boshqa viloyatlarga borib davolanishga majbur bo‘layotgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

“Tanqidiy materialda keltirilgan gemodializ apparatining nosoz ahvolga kelib qolganligi haqida esa shuni aytish mumkinki, haqiqatan ham joriy yil 22 yanvar kuni RShTYoIM Samarqand filialida elektr energiyasining yuqori kuchlanishi oqibatida suv tozalash moslamasi buzilib qolgan. Bemorlar vaqtincha eng yaqin gemodializ bo‘limlariga yo‘naltirilgan va zarur sarflov vositalari bilan ta’minlangan. Tezkorlik bilan suv tozalash moslamasiga ehtiyot qismlar o‘rnatildi va apparatlar yana ishga tushirildi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik Ozodlik saytida 27 yanvarda nashr etilgan “Gemodializga muhtoj 160 dan ortiq samarqandlik boshqa viloyatlarda muolaja olishga majbur bo‘lmoqda” sarlavhali maqolani “Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan” xabar sifatida taqdim qilgan.

O‘zbekistondagi boshqa rasmiy idoralar ham Ozodlikda chop etilgan tanqidiy maqolalarga javob berar ekanlar, ularni “ijtimoiy tarmoqda keng tarqalgan xabar” qatorida sifatlaydilar.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Ozodlik maqolasida respublika hududida gemodializ markazlari va apparatlari yetishmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ham javob qaytargan.

Vazirlikning bildirishicha: “joriy yilning mart – may oylarida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 5 ta sun’iy buyrak apparati, 1 ta suv tozalash moslamasi, 1 ta mikser bilan jihozlangan 5 o‘rinli hamda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida 2 ta sun’iy buyrak apparati va 1 ta suv tozalash moslamasi bilan jihozlangan 2 o‘rinli yangi bo‘limlar ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan”.

Vazirlikka ko‘ra, bundan tashqari Zangiota tumanida mahalliy ishlab chiqaruvchi “Health line” qo‘shma korxonasi Belarus Respublikasining “Frebor” kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 2,5 million AQSh dollariga teng, yiliga 500 ming dona gemodializ uchun dializator ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirilgan.

“2019 yilda gemodializ bo‘limlari uchun qo‘shimcha 65 ta sun’iy buyrak apparatlari sotib olindi va o‘rnatildi (ularning jami soni 326 taga etdi). Joriy yil fevral va mart oylarida yana 75 sun’iy buyrak apparatlari, 4 suv tozalash moslamasi, 3 mikser eng zarur gemodializ bo‘limlariga o‘rnatiladi. Shuningdek, yana 90 ta sun’iy buyrak apparati, 9 ta suv tozalash moslamasi, 9 ta mikser sotib olish uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqilmoqda.

Bundan tashqari, Qashqadaryoda 10, Toshkent viloyatida 5 o‘rinli gemodializ bo‘limlari tashkil etildi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab jami 43 ta gemodializ bo‘limlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning mart – may oylarida esa Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida bittadan, Samarqand viloyatida esa ikkita, jami 6 ta yangi gemodializ bo‘limlari ishga tushadi”, deyiladi bayonotda.

Ozodlik saytida 27 yanvarda nashr etilgan “Gemodializga muhtoj 160 dan ortiq samarqandlik boshqa viloyatlarda muolaja olishga majbur bo‘lmoqda” sarlavhali maqolada Samarqand Shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasidagi davlatga qarashli yagona gemodializ bo‘limidagi nosozliklar tufayli buyrak yetishmovchiligi kasaliga chalingan 160 dan ortiq bemor boshqa viloyatlarga borib davolanishga majbur bo‘layotgani haqida gap borgan edi.

Maqolada buyrak etishmovchiligi kasaliga chalingan bemorlarning onalari Samarqanddagi gemodializ apparatlari bir oy ishlab, bir oy buzuq turishidan noligan edilar. Gemodializ markazi rasmiylari esa, uskunalarni sozlovchi ustalar barmoq bilan sanarli bo‘lgani uchun oylab navbat kutishga to‘g‘ri kelishini aytganlar.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин рассказал о развитии района Зябликово


Спорт в России и мире
Москва

В Росгвардии стартовал чемпионат по боксу "Кубок Победы"


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Арина Соболенко

Соболенко — Коллинз: белоруска выиграла первый сет в полуфинале Рима


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о энергоэффективной постройке жилья в России





Путин в России и мире
Москва

Трамп прокомментировал визит Путина в Китай


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Минск и Баку открыли новую главу своих взаимоотношений




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Europe1: Запад готовится убедить Зеленского принять принцип переговоров


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Бато Багдаев

Страдания юного Аюша Булчун



Москва

Стал известен победитель седьмого сезона шоу «Удивительные люди»

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net