Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2020

Tomskda yonib ketgan 10 o‘zbekistonlik jasadi vataniga yetkazildi, ish beruvchi qo‘lga olindi (VIDEO)

0
Tomskda yonib ketgan 10 o‘zbekistonlik jasadi vataniga yetkazildi, ish beruvchi qo‘lga olindi (VIDEO)

Rossiyaning Tomsk viloyatidagi Asinovskiy tumanida yog‘och uyda yonib ketgan 10 o‘zbekistonlik mehnat muhojirining jasadi Toshkentga olib kelindi.

Novosibirsk shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligi bergan ma’lumotga ko‘ra, jasadlar 26 yanvar kuni ertalab HY-668 reysi bilan yo‘llangan.

Qolgan 2 marhumning jasadi DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuborilishi aytildi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 26 yanvar kuni marhumlar jasadining Toshkentga yetkazilishi aks etgan videoxabarni e’lon qildi.​

Tomsk viloyati Asinovsk tumani Prichulimsk qishlog‘idagi yog‘ochdan qurilgan yotoqxonada 21 yanvarga o‘tar kechasi yong‘in chiqqan va 10 o‘zbekistonlik mehnat muhojiri nobud bo‘lgandi.

Keyinchalik fojiada o‘lganlar 12 kishiga yetgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, nobud bo‘lganlarning hammasi bir qavatli yog‘och uyda yashagan, Greenwood yog‘och tayyorlash kompaniyasi ishchilari bo‘lgan.

"Ulardan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan va ikki nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berilgan", deyildi vazirlik bayonotida.

21 yanvar kuni Rossiya Tergov qo‘mitasi, bu muhojirlarga ish bergan xitoylik shaxs - Greenwood shirkati rahbari qidiruvga berilganini ma’lum qilgandi.

26 yanvarga kelib, Bosh konsulxona bergan ma’lumotga ko‘ra, kompaniya direktori qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘lganlardan 10 nafarining ismini e’lon qilgan:

Murtazoyev Shahzod Sanjar o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Elmurodov Temur Damir o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Mo‘minov Xurshid Mexriddin o‘g‘li, 1997 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

G‘aybulloyev Ramziddin Mehriddin o‘g‘li, 1998 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Ergashev Hoshimjon O‘tkir o‘g‘li, 1999 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Xasanov Bunyod Karim o‘g‘li, 1994 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Norov Mexriddin Gaybullayevich, 1966 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan);

Xasanov Umid Karimovich, 1979 y.t. (Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan);

Muhammadali Zokirov, 1988 y.t. (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

Rossiyaga ish izlab borgan o‘zbekistonlik va markaziy osiyodagi boshqa davlat vatandoshlari sharoiti og‘ir, texnika va yong‘in xavsizligiga to‘liq rioya qilinmagan joylarda yashashi, ishlashi va shunday fojialar qurboni bo‘lishi ko‘p kuzatiladi.

2016 yilning 31 fevralida Moskvadagi tikuvchilik tsexlaridan birida chiqqan yong‘inda 12 kishi o‘lgan, jumladan, 3 nafar balog‘atga yetmagan bola halok bo‘lgandi. O‘lganlarning hammasi Markaziy Osiyodan, 2 nafari O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan muhojirlar edi.

2014 yilning 19 mayida esa Yekaterinburgda muhojirlar yashayotgan yog‘och uyga tunda o‘t ketgan va o‘shanda kuyib kul bo‘lgan uydan 6 jasad topilgan, o‘lganlarning hammasi O‘zbekistondan edi.

Quyida shu mavzuda hozirlangan Ozodlive eshittirishini tomosha qilishingiz mumkin:






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Главное за день


Спорт в России и мире
Москва

Сотрудники Росгвардии на комплексе Байконур приняли участие в спортивном мероприятии «Наследники Победы»


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Арина Соболенко

Швентек и Соболенко устроили триллер за престижный трофей


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Ушел из жизни бывший старший прокурор антикоррупционного отдела Брянской облпрокуратуры Александр Норинский





Путин в России и мире
Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о героях нашего времени


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Русских заявил о субсидировании новых авиарейсов до Минска




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире

Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Булат Окуджава

«Синий троллейбус» будет курсировать по улицам Иркутска 9 и 10 мая под песни Булата Окуджавы



Москва

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о новых подходах к формированию кадров

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net