Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2020

Andijonlik erkak uyini musodara qilishga kelgan MIB xodimlari oldida o‘zini yoqib yubordi

0
Andijonlik erkak uyini musodara qilishga kelgan MIB xodimlari oldida o‘zini yoqib yubordi

Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi 31 yashar erkak uyini  musodara qilishga kelgan Majburiy ijro byurosi xodimlari oldida ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi.

Voqea 21 yanvar kuni soat 18.30 larda Andijon tumanining Beshbo‘ynoq mahallasida ro‘y berdi.​ 

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, o‘zini yoqqan erkak tanasining 50 foizi kuygan holda Andijon tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Andijon viloyati Majburiy ijro byurosining Ozodlik gaplashgan  xodimi shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi, ammo uning tafsilotlarini ochiqlashni istamadi.

Voqea guvohlaridan birining Ozodlikka aytishicha, MIB xodimlari ijro harakatlarini amalga oshirayotgan vaqtda, Andijon tumanidagi xonadonda yashovchi Xushnud G‘oyibnazarov ularga qarshilik ko‘rsatgan.

- Baqir-chaqir bo‘ldi. Shu payt qo‘lidagi benzinni o‘zini ustidan quydida¸ gugurt chaqdi. 6 minut yonib turdi. Alanga 1 yarim metr balandlikkacha ko‘tarildi. Majburiy ijro xodimlari mashinasiga chiqib, oynasini berkitib oldi. Hamma ketdi. Keyin qo‘shnilar chiqib o‘tni o‘chirdik. Mashinada tuman kasalxonasiga olib bordik. 50 foiz tanasi kuyibdi. Ahvoli o‘ta og‘ir. Chunki qizil o‘ngach va yurak atrofi yonib ketgan, -  dedi o‘ziga o‘t qo‘ygan erkak qo‘shnilaridan biri.

MIB xodimlari va 31 yoshli erkak o‘rtasida kelib chiqqan janjal tafsiloti Ozodlikka ma’lum emas.

Opasi Gulbahor Omonovaning Ozodlikka aytishicha, uy ustida kelib chiqqan janjal sabab ukasi o‘ziga o‘t qo‘ygan.

- MIB xodimlari uyni bo‘shat¸ deb kelishgan. Uy 2013 yilda garovga qo‘yilgan edi-da. Jumagacha kutinglar, sovuqda qayerga boramiz, ozgina vaqt beringlar, degan-da. Haligi uyga da’vogarlar chiqmasang uyga o‘t qo‘yamiz, deb turishibdi. Ukam shu payt bakalajkani olib ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi, -  deydi Gulbahor Omonova. 

 

Andijon viloyati Majburiy ijro byurosi xodimi shunday voqea bo‘lganini Ozodlikka tasdiqladi.

- Buni o‘rganayapmiz. Obdon o‘rganib chiqilganidan so‘ng matbuotga izoh beriladi, - dedi MIB xodimi. 

​O‘zbekistonda MIB xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda turli qarshiliklar yoki janjal kelib chiqqani haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

O‘tgan yil yanvar oyida Samarqandda ijro harakatlarini amalga oshirayotgan MIB xodimlariga qarshilik qilgan ayol ularni yoqib yuborgan edi.

2018 yilning noyabr oyida esa Samarqandda elektr haqini undirish uchun kelgan MIB xodimlariga bolta bilan hujum qilgan xonadon egasi qamoqqa olinib, uch yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Majburiy ijro byurosi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatilgani bilan bog‘liq 132ta holat qayd etilgan.

Byuro tashkil etilgan 2017 yildan buyon esa fuqarolarning qarshilik ko‘rsatishi tufayli 4 nafar MIB xodim o‘z vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan. 200 dan ortiq xodimlarga turli darajada tan jarohati yetkazilgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Москва подписала ряд крупных соглашений на Петербургском форуме


Спорт в России и мире
Москва

Уверенная победа россиян на турнире ONE FRIDAY FIGHTS 66


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Уимблдон

Каспер Рууд: «Не буду выступать на турнирах перед «Уимблдоном», но на нем, конечно, сыграю»


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Байрактар: Турция и Россия определили дальнейшие шаги по проекту "газового хаба"





Путин в России и мире
Москва

Профессор Кошкин: Запад в шоке от военных кораблей России в Карибском море


Лукашенко в Беларуси и мире



123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

AFP: Байден объявил о выделении Киеву помощи на 225 млн долларов


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Желдорреммаш

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков



Москва

Строительство станции «Тютчевская» перешло на новый этап

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net