Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2020

Hazili yo‘q: Putinni hajv qilgan qiziqchi Rossiyani tark etishga majbur bo‘ldi (VIDEO)

0
Hazili yo‘q: Putinni hajv qilgan qiziqchi Rossiyani tark etishga majbur bo‘ldi (VIDEO)

25 yashar Aleksandr Dolgopolov Sankt-Peterburdagi yakkaxon konsertida xristian dini, beloruslar va asosan, o‘zini hajv qilgan edi.

U yana muxlislariga siyosat haqida oltita latifa tayyorlashga va’da bergan, ulardan dastlabkisi Vladimir Putinni nishonga olgan edi. 

− Xalqimiz ikkita lagerga bo‘lindi, − dedi u. −  Bir tarafda Putinni qo‘llovchilar, boshqa tarafda esa o‘qiydigan, yozadigan va mantiqiy xulosa qila oladiganlar turibdi.

 

Putin tug‘ilib o‘sgan shahardagi “HopHead” klubiga kelgan bir necha o‘n kishilik muxlislar bu hazilni eshitib¸ asabiy kulganidan so‘ng Dolgopolov:

“Men qachon siyosat haqida latifa aytsam, zalda o‘tirgan odamlar asabiylashayotganini sezaman”, deydi.

Oradan ikki oy o‘tib, taniqli hajvining o‘zini o‘zi fosh qiluvchi jonlantirilgan (animatsiya) monolog YouTube kanaliga joylandi va tez orada uni 2 milliondan oshiq kishi ko‘rdi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi HopHead klubiga videodagi hajvchi haqida to‘liq ma’lumot berishni  so‘rab yuborgan bildiruvida videoning 2 397 504 marta ko‘rilgani yozilgan.

Qiziqchi o‘sha xatning fotonusxasini Instagramdagi sahifasiga istehzoli tagxat bilan joyladi.

“Yigitlar, hammangizni tabriklayman, bopladik, − deyiladi unda. – Mening shuhratimga shuhrat qo‘shildi”.

Ko‘p o‘tmay Dolgopolov YouTube kanalidagi sahifasiga videomurojaat joyladi, lekin undagi ohangda hazildan asar ham qolmagan edi.

‒ Bu nimani anglatishini hammamiz tushunamiz. Ular muxlisim bo‘lgani uchun meni selfi tushishga qidirayotgani yo‘q, ‒ dedi u. ‒ Boshog‘riqlarim ko‘payayotganiga ishonchim komil.

Rossiyada dindorlar va davlat arboblari haqida ochiq gapirgan¸ xususan¸ ularni hajv qilgan odam¸ bu toifa Putin davri qonunlari bilan himoyalangani bois¸  o‘zini xavf ostiga qo‘yadi.

Dolgopolov agenti Armen Gandilyan bu konsertning qaysi qismi politsiya qiziqishini uyg‘otganidan bexabarligini aytdi.

O‘sha konsert boshida Iso Masih va Bibi Maryam haqidagi qo‘pol hazil Dolgopolov muammolariga sababchi bo‘lishi mumkin

Rossiya axborot vositalari Moskva viloyatining Orexovo-Zuyevoda yashovchilardan biri hokimiyat idoralariga Dolgopolov dindorlarning hissiyotini tahqirlab, 2013 yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra jinoyat sodir etgani xususida shikoyat qilganini xabar qildi.

Politsiya matbuot xizmatining bildirishicha, qiziqchining konserti bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.

Dolgopolov shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, din haqidagi latifalari politsiya bosim ko‘rsatishiga sabab bo‘layotganiga shubha bildirdi.

U o‘zining 2018 yil martidagi prezident saylovi arafasida Putin haqida keskin hazillar qilmaslikdan ogohlantirilganini tilga oldi.

Dolgopolov Ozodlik bilan suhbatda so‘nggi voqea o‘zini cho‘chitib yuborganini aytdi. U Moskva va boshqa shaharlardagi konsertlari uchun chipta sotilishini joriy vaziyat oydinlashgunga qadar to‘xtatib turganini bildirdi.

Hajvchi Putinni doimiy tarzda tanqid qilib kelayotaniga qaramay, o‘zini Rossiyadagi muxolifatga taalluqli deb bilmasligini qayd etdi.

Dolgopolovning fevraldagi konserti klipi zikr etilgan xat oshkor bo‘lgandan so‘ng yana chorak million marta ko‘rildi, tagiga qiziqchini qo‘llovchi ko‘plab izohlar yozildi.

“IIV Dolgopolovni reklama qilishda yordam beryapti, ‒ deb yozdi bir foydalanuvchi. – Buni bosh barmog‘imni ko‘tarib ma’qullayman”.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал об уникальных составах, которые поедут по БКЛ в эти выходные


Спорт в России и мире
Москва

Бег — один из самых популярных видов спорта у россиян


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Виктория Азаренко пробилась в четвертьфинал турнира WTA в Риме


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Северо-Западный банк СберСтрахование объединила защиту от кибератак и экорисков в одном полисе





Путин в России и мире
Москва

Чемезов: «Многие предприятия находятся в состоянии „лишь бы выжить“»


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Минск поддерживает Баку: планы по строительству агрогородка в Карабахе – ОБНОВЛЕНО




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Терпящий военные неудачи Зеленский вымещает зло на верующих: в Киеве под покровом ночи снесли церковь, православным хотят запретить молиться дома


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Елена Волкова

В Парке Горького вновь пройдет Московский детский фестиваль искусств «НЕБО»



Москва

Стало известно, россияне каких знаков зодиака чаще берут потребительские кредиты

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net