Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2020

O‘zbekistonning "Toj Mahali" xavf ostida: uni yevroremont qilishmoqchi

0
O‘zbekistonning

Buxoroda 1652 yilda qurilgan, 1997 yilda UNESCOning Jahon merosi ro‘yxatiga kirgan Abdulazizxon madrasasi ta’mirlana boshlangani mutaxassislar tashvishiga sabab bo‘ldi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, ta’mirchi ustalar madrasa devoridagi yoriqlarni suvab, o‘chib ketgan naqshlarni qayta chizmoqchi.

Qadimshunos me’morning aytishicha, bunday “restavratsiya” oqibatida dunyo me’morchiligi mo‘’jizasi o‘z badiiy qiymatini yo‘qotishi mumkin.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamda shu vazirlik qoshidagi Yodgorliklarni saqlash bosh boshqarmasining Ozodlik 9 yanvar kuni suhbatlashgan mutaxassislari “Madrasa ta’miri o‘ta ehtiyotlik bilan olib borilishi va obida ichidagi naqshlar konservatsiya qilinishini” aytishdi.

Toshkentlik qadimshunos me’mor Abdumalik Turdiyevning aytishicha¸ “Markaziy Osiyo me’morchiligida ilk bora sariq rang qo‘llangan bu murakkab me’morlik ansamblini ta’mir qiladigan mutaxassislar va bu murakkkab ta’mirni amalga oshirish uchun astronomik katta mablag‘” mavjud emas:

- Madrasani shu holida saqlash kerak. O‘zi 1997 yili bu madrasani ta’mir qilamiz deb, anchayin zarar yetkazishgan edi. Binoni yoriqlari¸ singan va ko‘chgan joylari bilan saqlash kerak. Ashtarxoniylar davrida qurilgan bu me’morlik asari lojuvard koshin¸ qabariqli mayolika¸ marmarga o‘yib ishlangan naqsh¸ ganch o‘ymakorligi va qabariq faktura ustiga yupqa oltin varaqlar qoplanib bezalgan o‘ta murakkab ansambldir.  Semurg‘¸ ajdarho¸ to‘rg‘ay va daraxtlarning koshinga tushirilgan tasviri o‘ta murakkab. Buni ta’mir qilish uzoq vaqt¸ malakali ustalar va o‘ta katta mablag‘ni talab qiladi. Masalan, oltin qismini ta’mirlash uchun Germaniya yoki Italiyadan sanoat roboti keltirish kerak. Lojuvard koshin ishlab chiqaradigan yagona ustaxona Mashhad (Eron) shahrida bor. Marmar lavhlarni maxsus epoksid  va baliq suyagidan bo‘lgan qorishma  bilan mustahkamlaydigan mutaxassislar Italiyaning o‘zida sanoqli.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligining matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi uchun ismi sir qolishini istagan mulozimi Ozodlik bilan 9 yanvar kungi suhbatda respublikada obidalar ta’miri uchun ajratilayotgan mablag‘ning o‘ta kamligini tan oldi va butun kuch, nima qilib bo‘lsa ham, obidani nurashdan saqlashga qaratilganini ta’kidladi:

- Abdulazizxon madrasasining me’moriy qiymatini bilamiz. Bino UNESCO ro‘yxatida 602- raqam bilan turibdi. Binoni saqlash Madaniyat vazirligi zimmasiga yuklangan. Iloji bor qadar borini saqlashga harakat qilamiz. Vazir  o‘rinbosari Kamola Oqilova barcha tashkilotlarga  maktub yuborib, obidalarni restavratsiya emas¸ balki konsevrvatsiya qilish kerakligini uqtirgan. Restavratsiya qilish qimmat narsa. Yuzlab obidalar ta’mirtalab bo‘lgan O‘zbekistonda yiliga to‘rtta obьektni ta’mir qilishga yetadigan byudjet bor xolos.

Mulozim Shahrisabz va Samarqandda yaqin o‘tmishda (5 yil oldin) qilingan ta’mir ishlarining UNESCO ekspertlari tarafidan tanqid qilinganidan xulosa chiqarilganiga e’tibor qaratdi.

- Malakasiz restavratsiya oqibatida  Shahrisabz shahrining tarixiyligiga putur yetgani biz uchun jiddiy dars bo‘ldi. Bundan buyon ta’mir jarayonida obidalarning originalligini saqlab qolishga alohida e’tibor beryapmiz,- dedi mulozim.

Guldastalar qayta chiziladimi?

Ozodlikning Buxorodagi mobil muxbiri Abdulazizxon madrasasini 9 yanvar kuni borib ko‘rdi. Ta’mirchi ustalar Ozodlik mobil muxbiriga madrasa devoridagi yoriqlar suvalib, o‘chib ketgan naqshlar qayta chizilishi haqida ma’lumot bergan.

Qadimshunos me’mor Abdumalik Turdiyevning aytishicha¸ madrasa ichki devoridagi o‘chib ketgan “guldasta” va “hayot daraxti” naqshlarini qayta chizishga zarurat yo‘q:

- Men 2 yanvarda borib ko‘rdim oxirgi marta. Guldastalar tasviri o‘chib ketgan. Ammo o‘chgan izlari qolgan. Bu xuddi Turindagi  (Italiya) Isoi Masih o‘ralgan kafanlik bo‘zga Iso rasmini chizgan bilan barobar. Turindagi bo‘zda Isoi Masihning mavhum izlari qolgan. Shu izni ko‘raman deb millonlab turist Turinga boradi. Men sizga Abdulazizxon madrasasi ichidagi guldasta izlari qolgan lavhlar suratini yuboray. O‘zingiz ko‘ring. Shu qadimiy lavh ustiga zamonaviy rassom islimiy naqshlarni chizib qo‘ysa yarashadimi? Xuddi Angliya muzeyidagi qadimiy vikinglar qayig‘i o‘rniga motorli lodka qo‘yganday bo‘lmaydimi?

Me’mor Abdumalik Turdiyev Konimex tumanidagi o‘n birinchi asrga oid qadimiy “Raboti Malik” ansambli restavratsiya oqibatida tanib bo‘lmas holga kelgani va bu ansambl nomi zikr qilingan xalqaro turizm marshrutlarida “novodel-feyk” degan nom olganini xavotir bilan aytdi:

- Buxorodagi qadimiy madrasani ta’mirlayman deb buzishmasin. Iltimos. “Raboti Malik”ni rasvo qilishdi. Xivadagi “Qo‘y darvoza”ni yevroremont qilib, yoniga  zamonaviy vokzal qurib gorizontal manzarani buzishdi. Buxorodagi “Chor minorning” bitta minorasini temir betondan yasab qo‘yishdi. Yetar endi! Bular charchamasa ham biz charchadik!

Taniqli rassom va san’at jonkuyari G‘ayrat Qo‘ziboyev¸ buxorolik rassom va fotosuratchi Shavkat Boltayevlar ham ijtimoiy tarmoqda Markaziy Osiyo arxitekturasining “Toj Mahali “ bo‘lgan Abdulazizxon madrasasini “qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlab qolish” zarurligini ta’kidlashdi.

Balxlik xonning Buxoroda qurgan madrasasi

Abdulazizxon madrasasi Buxorodagi Ulug‘bek madrasasi qarshisida qurilgan.

Uning qurilishiga homiylik qilgan Buxoro xoni Abdulazizxon (1614-yil Balx – 1681-yil Makka) Nodir Muhammadxonning katta o‘g‘li bo‘lgan. 1645-yildagi fitna natijasida Buxoro xonligi taxtini egallagan Abdulazizxon ko‘pgina muhtasham binolar qurdirgan.

Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki bo‘lmali. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va oltin yaprog‘i yopishtirilgan bezagi bor.

Bugungi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari ko‘rsatiladi. Shimoli-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilgan.

1997 yilda Abdulazizxon madrasasi UNESCO tashkilotining Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин: Московская неделя предпринимательства начнется 16 мая


Спорт в России и мире
Москва

ЭСК указала на ошибки главного арбитра дерби ЦСКА — «Спартак» Казарцева


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Андрей Рублёв

Теннисисты Рублев и Медведев вышли в четвертьфинал «Мастерса» в Мадриде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Институт СТЭИ при поддержке Комитета общественных связей и молодежной политики города Москвы реализует проект "Вода Москвы"





Путин в России и мире
Москва

Президент России Владимир Путин подтвердил проведение XVI Международного военно-музыкального фестиваля «Спасская башня»


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

«Набей им морду, покажи им, что ты настоящий белорус». Лукашенко о поездке спортсменов на Олимпиаду




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

В Киеве СБУ проводит облавы против нелояльных Зеленскому


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Певец

Певец Денис Майданов рассказал о состоянии здоровья и госпитализации



Москва

"Не стоять на месте": Участники шествия "Май! Труд крут!" поделились эмоциями от парада

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net