Yirik miqdordagi valyutalar manziliga yetmadi
Farg‘ona tumanining chegaradosh hududida yashovchi Abdulhay va Abdurashid Muqaddasov hamda Alijon Dehqonboevlar yirik miqdordagi valyuta qimmatliklarini qo‘shni davlatga aylanma yo‘llar orqali o‘tkazish rejasini tuzishdi. Albatta mazkur “xolisona” xizmat evaziga qirg‘izistonlik shaxs 500 dollar va’da qilgandi.