Soliq qonunchiligidagi yangiliklar bozor va savdo komplekslari infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi
Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon oziq-ovqat bozori” AJ 2019 yil hisobidan 3 mlrd. 300 mln. so‘mdan ortiq daromad olgan. Shu mablag‘ning yarmini davlat byudjetiga to‘lab bergan. Hisob-kitob qilinganda joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 600 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ qolishi kutilmoqda, deydi jamiyat raisi Toshturdi To‘raev.