Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Январь
2020

Direktor o‘rinbosari o‘quvchini ikkinchi qavat derazasidan itarib yuborgani iddao qilindi (VIDEO)

0
Direktor o‘rinbosari o‘quvchini ikkinchi qavat derazasidan itarib yuborgani iddao qilindi (VIDEO)

Samarqand viloyat, Ishtixon tumanidagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Suhrob Qarshiboyevning iddao qilishicha, direktor o‘rinbosari Adham Ro‘ziyev uni maktabda “paqildoq” otgani uchun kaltaklab, ikkinchi qavatning derazasidan pastga itarib yuborgan.

O‘quvchining o‘ng qo‘li sinib, miyasi jarohatlangan va ayni paytda kasalxonada davolanmoqda.

Maktab direktorining iddao qilishicha, o‘quvchi o‘zini ikkinchi qavatdan pastga tashlagan.

Ishtixon tumani ichki ishlar bo‘limi mulozimi bu voqea yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganini aytdi.

 

Voqea 28 dekabr kuni, 3-maktabda Yangi yilni nishonlash tadbiridan so‘ng yuz bergan.

O‘ninchi sinf o‘quvchisi, 17 yashar Suhrob Qarshiboyevning onasi Yoqutoy Umrzoqovaning iddao qilishicha, uning o‘g‘lini o‘qituvchi ikkinchi qavat derazasidan pastga itarib yuborgan:

- O‘qituvchisi ichkariga, sinfga olib kirib, bolani urgan. O‘g‘lim o‘zini derazadan tashlaydigan bola emas. Menga yiqildi, qo‘li sal lat yedi deb telefon qilishdi. Borsam, o‘g‘limning o‘ng ko‘zi momataloq bo‘lib, ko‘karib ketgan, qo‘li singan, miyasi juda qattiq lat yegan. Duxturlarning menga jaydaricha tushuntirishicha, miyada to‘plangan qon bir tomonga ketsa ko‘zi ko‘rmay qoladi, boshqa tomonga ketsa aqli zaif bo‘lib qoladi. Umuman qimirlatish mumkin emas, deyapti. O‘qituvchining bolamni urishga nima haqqi bor?

Kasalxonaga 28 dekabrda yotqizilgan o‘quvchi Suhrob Qarshiboyev, onasining aytishicha, 1 yanvarda biroz o‘ziga kelib, gapirishni boshlagan. Suhrob Ozodlik bilan suhbatda, o‘qituvchi uni qilmagan gunohi uchun kaltaklaganini iddao qildi:

- Yangi yil tadbiri tugaganidan so‘ng, zalda taqillagan bir ovoz eshitildi. Nima bo‘ldi ekan deb kirgandim, orqamdan zamdirektor kirib, nima qilyapsan, dedi. Men hech narsa qilganim yo‘q, desam, menga gap qaytaryapsanmi dedi-da, ko‘zim aralash yuzimga bir shapaloq soldi. Ko‘zimni ocholmay qoldim. Keyin yoqamdan ushlab, ikkinchi qavat zinasiga sudradi. O‘rtoqlarim ko‘rib qolib, ustoz bunda ayb yo‘q, dedi. Maktabimiz zavxozi keldi. Ikkalasi sudrab tepaga olib chiqib ketdi.

Suhrob Qarshiboyevning aytishicha, o‘qituvchi uni xonasiga olib kirib kaltaklagan:

- Xonaga kirishda meni ichkariga itarib yubordi. Stol va partalarga urilib, derazani oldiga borib qoldim. Ustoz xonani ichkaridan qulflab oldida, kelib meni yana urdi. Shok holatga tushib qoldim. Podokonnikni oldiga yiqildim va uni ushlab o‘rnimdan turdim. Ustoz keldida meni itarib yubordi. Pastga qulaganimni eslayman, boshqa narsani eslolmayman. Men aybsiz aybdor bo‘lib qoldim. Qilmagan gunohimga o‘qituvchi meni kaltakladi. Menga alam qilayotgani mana shu. Men ikkinchi qavatdan o‘zimni beton yerga tashlab, jinni emasmanku?!

O‘quvchi ikkinchi qavat derazasidan beton yerga yiqilgan.

Direktor o‘rinbosari Adham Ro‘ziyevning o‘zi uni kasalxonaga olib borgan.

O‘quvchining onasiga ko‘ra, direktor o‘rinbosari kasalxonadagi vrachlarga zinadan yiqilib shunday bo‘ldi, deb aytgan.

Maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, 32 yashar Adham Ro‘ziyev Ozodlik qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

Maktab direktori Rabbana Tolliyevning iddao qilishicha, o‘quvchi ikkinchi qavatdan o‘zini tashlab yuborgan:

- Itarib yubordi, degan gap noto‘g‘ri. Bu maktabda paqildoq paqillatgan. Hech kim bo‘yniga olmagan. Keyin buni xonasiga olib kirib ketayotgan paytda o‘quvchi oldinda bo‘lgan. U derazadan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan, haliyam borib sumkasidan ushlab qolgan. Sumkasini remeni uzilib ketgandan keyin bola pastga tushib ketgan.

Ozodlik ismini oshkor qilmagan Suhrobning sinfdoshlaridan birining aytishicha, maktabda paqillagan ovoz chiqishida Suhrobning aybi bo‘lmagan:

“U yerda paqildoq degan narsaning o‘zi yo‘q edi. Suhrob mening oldimda turgan edi. Menga kolonka yig‘ishtirishayotgan edi. Otopleniya bo‘ladiku, o‘sha narsa tushib ketdida. Suhrob nima bo‘ldi ekan deb zalga kirdi-da shunga tushib qoldi. Shu yerda tushunmovchilik bo‘lib qoldi. O‘qituvchi ham buni Suhrobdan ko‘rdi va urib, sudrab tepaga olib chiqib ketdi”

Ishtixon tumani ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, bu voqea bo‘yicha Suhrob Qarshiboyevning otasi Dilshod Pirnazarov nomidan ariza tushganligi va ayni paytda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganini aytdi.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Собянин утвердил проект строительства общественно-делового центра в ЗАО


Спорт в России и мире
Москва

Рок-версия гимна Белогорска прозвучала на масштабном рок-н-мобе


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
Уимблдон

Рафаэль Надаль пропустит Уимблдон ради подготовки к Олимпиаде


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Более 1 700 электробусов курсируют по автобусным маршрутам столицы





Путин в России и мире
Москва

Эрдоган рассказал о переговорах Фидана и Путина на тему выборов в курдских районах в Сирии


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Лукашенко обратился к Рамафосе




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

Трамп назвал Зеленского «величайшим торговцем» и пообещал разобраться с траншами Киеву


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Сергей Брановицкий

Кинокомпания. Сайт кинокомпании. Кинокомпания официальный сайт.



Москва

Как прокачать свой бизнес за 3 летних месяца

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net