Мы в Telegram
Добавить новость
123ru.net
World News in Uzbek
Ноябрь
2019

OzodDayjest: O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar faoliyati pantomima san’atiga o‘xshatildi

0
OzodDayjest: O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar faoliyati pantomima san’atiga o‘xshatildi

Siyosiy partiyalar o‘rtasidagi debatlar havaskorlik darajasida o‘tkazilayotgani iddao qilindi. Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq ketmon bilan urib o‘ldirilgani ma’lum qilindi. Buxoroda qo‘shxotinlikda ayblangan kishi mahkamaga tortildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Partiyalar arzon-garov ehtiros qo‘zg‘ashda ayblandi

O‘zbekistonda siyosiy partiyalar o‘rtasidagi saylovoldi debatlar nihoyatda past saviyada, havaskorlik darajasida o‘tkazilmoqda, deb hisoblaydi siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov (www.sof.uz, 24 noyabr). Partiya vakillarida arzon ehtirosni qo‘zg‘ash hamda populizm nihoyatda ustun. Siyosiy tahlilchiga ko‘ra, partiyalarning saylovoldi bahslari 27 yil gapirmasdan eshitgan odamning to‘satdan tilga kirib, omma oldida gapirishga harakat qilayotganini yodga soladi.

Qayd etilishicha, partiyalarning bugungi zaifligi – bevosita ularning emas, avtoritarizmning aybi, lekin bundan butun jamiyat yutqizmoqda.

“O‘zbekistonda partiyalar qurilishi juda mo‘rt. Partiyalarga shu paytgacha siyosiy tizim vitrinasida turib, ovoz chiqarmasdan og‘iz qimirlatish, pantomima ko‘rsatish topshirig‘i berilgan edi. Partiyalar va deputatlar o‘tgan 27 yil davomida ertalabdan kechgacha “demokratiya va plyuralizm” teatrini ijro etishdi. Bu sahnalar, obrazlar, qiliqlar juda kuchli o‘zlashtirilgan edi, har bir aktyor o‘z rolini mahorat bilan o‘zlashtirgan edi. Endi esa partiyalarga bu rollardan chekinishni, oz-ozdan bo‘lsa-da, real rollarni o‘ynashni aytishdi. Yangi vaziyat, yangi rollar: partiyalar qiynalmoqda”, deb yozadi siyosiy tahlilchi K.Rabbimov.

Qashqadaryoda qo‘ng‘ir ayiqning o‘ldirilishiga doir tafsilotlar ochiqlandi

Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqning o‘ldirilishi aks etgan videolavhaga doir yangi tafsilotlar aniqlandi (www.kun.uz, 28 noyabr). Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish idorasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mazkur holat 2016 yil may oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Fermer xo‘jaligida ishchilar ishlayotgan vaqtda noma’lum ayiq kelib bir fuqaroga hamla qilgan. O‘sha paytda ayiq T.S. va T.I. ismli shaxslar tomonidan ketmon bilan urib o‘ldirgan.

Ekologiya idorasi ushbu holat yuzasidan to‘plangan ma’lumotlarni Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga taqdim etgan. Ma’lum qilinishicha, qo‘ng‘ir ayiq noqonuniy tartibda o‘ldirilgan bo‘lsa, aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlash qonunan taqiqlangan.

Buxoroda qo‘shxotinlikda ayblangan erkakka hukm o‘qildi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi 53 yoshli X.S. qo‘shxotinlikda ayblanib, mahkamaga tortildi (www.ca-news.org, 25 noyabr). Qayd etilishicha, X.S. 2016 yil noyabrdan 2019 yil iyulga qadar qonuniy nikohdan o‘tgan turmush o‘rtog‘i bilan yashab kelgan. Oilada 2 nafar qiz farzandi bo‘lgan. X.S. rasmiy nikohidagi xotinidan ajrashmagan holda, 2016 yilda samarqandlik ayol bilan shar’iy asosda oila qurgan. Bunga esa birinchi ayolining bemor ekani va o‘g‘il farzand tug‘magani sabab qilib ko‘rsatilgan. 2018 yilda ikkinchi ayol erkak o‘g‘il farzand tug‘ib bergan.

Qayd etilishicha, qo‘shxotinlikda ayblangan oilaboshi sudda pushaymonlik izhor qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi 53 yoshli fuqaroni Jinoyat kodeksining 126-moddasi (ko‘p xotinli bo‘lish) bilan aybdor deb topib, unga bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan.






Загрузка...


Губернаторы России
Москва

Созданный нейросетью Собянин выманил у заслуженного врача РФ 4 млн рублей


Спорт в России и мире
Москва

«Этот спорт воспитывает силу и упорство»: Вице-спикер Народного Хурала Бурятии приняла участие в открытии чемпионата России по гиревому спорту


Загрузка...

Все новости спорта сегодня


Новости тенниса
WTA

Александрова вышла во второй круг турнира WTA в Хертогенбосе


Загрузка...


123ru.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.


Загрузка...

Загрузка...

Экология в России и мире
Москва

Мособлдума организовала выставку «Экологическое воспитание.Раздельный сбор мусора»





Путин в России и мире
Москва

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: признание Нато надо применить!


Лукашенко в Беларуси и мире
Минск

Видео: Истерика в Ереване: Пашинян против Лукашенко




123ru.netмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

123ru.net — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.





Зеленский в Украине и мире
Киев

США обязаны передать Киеву "эскадрильи истребителей", заявил Зеленский


Навальный в России и мире


Здоровье в России и мире


Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России






Загрузка...

Загрузка...



Игорь Бутман

В Москве при участии Бутмана отрылся джазовый фестиваль



Москва

«Каникулы в Арктике». Москвичам предложили отправиться на Север

Друзья 123ru.net


Информационные партнёры 123ru.net



Спонсоры 123ru.net