IIV jurnalist Davlat Nazarning o‘limiga siyosiy tus bermaslikni so‘radi (VIDEO)
12 noyabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan xorazmlik jurnalist Davlat Nazar (Davlatnazar Ro‘zmetov) o‘limi bo‘yicha va ruhiy kasalxonaga tashlangan bloger Shabnam (Nafosat) Olloshukurova vaziyatiga doir matbuot anjumani o‘tkazdi. Anjuman payti Davlat Nazarning o‘limiga doir kuzatuv kameralariga olingan video tasvirlar slaydshou tarzida namoyish qilindi. Tadbir ishtirokchilari jurnalist o‘limiga siyosiy tus bermaslikni, bu “baxtsiz hodisa” ekanini ta’kidlagan. Читать дальше...