Ustoz-shogirdlik ibrati
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida Respublika Tojik milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda buyuk fors-tojik shoiri va mutafakkiri Mavlono Abdurahmon Jomiy tavalludining 605-yilligiga bagʻishlangan “Jomiy va Navoiy: fors-tojik va oʻzbek ilmiy-adabiy aloqalari” mavzusida ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.